Toşkent şahar Yaşnobod tumanida ikki avtobus haydovçisi poyga öynagani aytilgan xabarlar tarqaldi.  «Toşşahartransxizmat» mazkur xabar yuzasidan ma’lumot taqdim etdi.

Qayd etilişiça, holat 7 fevral kuni soat 11:00 larda röy bergan. Unda «1-Avtobus saroyi» filiali tasarrufidagi 28-sonli avtobus haydovçisi X.A. avtobusni Yaşnobod tumani Maxtumquli köçasi böylab boşqarib kelib, «Uspenskiy nomidagi musiqa maktabi» bekatiga töxtatgan.

U şu bekatda töxtab yölovçi tuşirayotgan «5-avtobus saroyi» filiali tasarrufidagi 44-sonli avtobus bilan yonlama oraliq masofani saqlamagan. Oqibatida 28-sonli avtobusning örta eşik qismi hamda 44-sonli avtobusning çap tomon orqani köriş oynasining korpus qismi bilan bir-biriga tegib qirilgan. Sodir etilgan töqnaşuvda heç kim tan jarohati olmagan.

Yöl-transport hodisasi Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasi Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi xodimlari tomonidan örnatilgan tartibda rasmiylaştirilgan.