7 Oktabr

11:21

Gaz sohasidagi monopolistning 188 mlrd so‘mlik noqonuniy harakatlariga barham berildi

O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan amalga oshirilayotgan nazorat ishlari doirasida, “O‘ztransgaz” aksiyadorlik jamiyatiga qarashli mintaqaviy gaz ta'minoti korxonalarining 2018 yil va 2019 yilning 1 choragida tadbirkorlik sub'yektlariga tabiiy gaz yetkazib berish borasidagi faoliyati o‘rganildi.  Batafsil

07:43

Yangi qonun loyihasi: O‘zbekistonda elektron OAVni himoya qilish kuchaytiriladi

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida «Teleradio uzatish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi e'lon qilindi. Batafsil

6 Oktabr

23:14

Qirg‘izistonda Putin va Lenin haykallari o‘rnatildi

Qirg‘izistondagi ZIL tog‘-chang‘i kurorti hududida Chingiz Aytmatov, Vladimir Lenin va Vladimir Putinning bronza haykallari o‘rnatildi. Batafsil

22:03

Prezident ro‘mol haqida, Senatda kechirim so‘ragan G‘aniyev, Nodira Qodirova ishi va haftaning boshqa xabarlari

O‘tayotgan haftada O‘zbekistonda va jahonda ro‘y bergan voqea va hodisalaring eng muhimlarini Kun.uz’ning an'anaviy haftalik dayjestida yana bir karra esga olamiz. Batafsil

18:41

Manba: Nodira Qodirovaga bir emas, ikki marta o‘q uzilgan

Qizning oila a'zolari qo‘rqib qolishgani aytilmoqda. Batafsil

14:58

Ishtixon dehqon bozoridagi yong‘in va o‘t o‘chirishni ta'minlashga monelik qiluvchi to‘siqlar - video

Samarqand viloyati Ishtixon tumani markazidagi dehqon bozori yaqindagina ta'mirdan chiqarildi. Garchi bu yerda sotuvchilar va xaridorlar uchun zarur sharoitlar yaratilgan bo‘lsa-da, yong‘in xavfsizligi qoidalariga mutlaqo amal qilinmagani xavotirli. Batafsil

11:48

Kogonda maktab o‘quvchilarining paxta dalasidagi suratlarini kim va nima maqsadda tarqatgani ma'lum bo‘ldi

Rasmlarni maqbullashtirish jarayonida yeridan ajralgan sobiq fermer tarqatgan. Hozir u – mahalla raisi. Batafsil

10:39

Denovda xodimlarini paxtaga majburlagan mansabdorlarga chora ko‘rildi, Kogonda fermerlar jarimaga tortildi

Hafta davomida Denovda fuqarolarning paxta terimiga majburiy tarzda yo‘naltirilgani ma'lum bo‘lgan, Kogonda esa ayni jarayonga bolalarning jalb etilayotgani haqida xabar tarqalgan edi. Batafsil

10:29

Falastin bilan o‘yin arafasida jamoadagi muhit buzilganmidi? Kuperning tarjimoni bilan suhbat

Ektor Kuperning iste'fosiga olib kelgan bir oy oldingi muvaffaqiyatsizliklar terma jamoa boshqaruviga Vadim Abramov kelishi ortidan ko‘pchilikning yodidan ko‘tarildi. O‘zbekiston milliy jamoasi 2 oktyabrdan Abramov rahbarligida Toshkentda yig‘in boshladi. Batafsil

07:48

Isroil Madrimov kamarini himoya qildi

Professional boksning super yarim o‘rta vazn toifasida (-69,85)  ringga ko‘tarilayotgan Isroil Madrimov navbatdagi jangida ham muddatdan avval g‘alaba qozondi. Batafsil

01:52

Turkiya 6 oktabr tongida Suriyada operatsiya boshlashi mumkin. Bu IShID tiklanishiga olib keladimi?

Erdo‘g‘an Suriyaning mamlakat bilan chegaradosh qismlarida harbiy operatsiya boshlashdan boshqa yo‘li qolmaganini aytdi. Batafsil

5 Oktabr

17:42

To‘yxona egalari tomonidan narxlarning asossiz oshirilishining oldi olinadi

O‘zbekistonda to‘yxona egalari tomonidan to‘y xarajatlarining asossiz ikki-uch baravar miqdorda oshirilishining oldi olinadi. Batafsil

17:24

To‘ylarni tartibga solish to‘g‘risidagi nizom e'lon qilindi (batafsil)

Oliy Majlis Senati saytida To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma'raka va marosimlar o‘tkazilishini tartibga solish to‘g‘risidagi nizom e'lon qilindi. Batafsil

15:15

«Kasperskiy laboratoriyasi» DXX bilan aloqador kiberguruhni aniqladi - OAV

«Kasperskiy laboratoriyasi» kompaniyasi mutaxassislari O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati bilan bog‘liq bo‘lgan kiberguruhni aniqlashga muvaffaq bo‘lishdi. Batafsil

12:30

Saida Mirziyoyeva: matbuot kotiblari OAV va jamoatchilik so‘rovlariga zudlik bilan munosabat bildirishi lozim

4 oktabr kuni Prezident Adminstratsiya huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi katta majlislar zalida vazirliklar, qo‘mitalar, hokimliklar va boshqa yirik davlat tashkilotlarining matbuot kotiblari – axborot siyosati masalalari bo‘yicha rahbar maslahatchilari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Batafsil

4 Oktabr

20:36

Jalaquduqlik «qirq qiz» baribir ishsiz qoladimi? Hokimlik investorga sharoit qilib bera olmadi

Qishloq ayollari uchun eng katta va dolzarb muammo bu - ishsizlik.  Chekka joylarda yashaydigan qiz-ayollar ham kasb-hunarli, ish joyiga ega bo‘lishni orzu qilishadi. Batafsil

20:08

Quyosh energiyasi bo‘yicha tender g‘olibi O‘zbekistonga bir kilovatt elektrni 2,6 sentdan yetkazib bermoqchi

Bugun O‘zbekiston Moliya vazirligida quyosh energetikasiga davlat-xususiy sheriklik (DXSh) investitsiyalarini jalb qilish bo‘yicha mamlakat tarixidagi birinchi ochiq tender g‘olibini e'lon qilish yakunlari bo‘yicha matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi Kun.uz muxbiri. Batafsil

19:05

O‘zbekiston KXShTga qaytish masalasi ko‘rib chiqilmayotganini tasdiqladi

O‘zbekiston Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotiga qaytish masalasini ko‘rib chiqayotgani yo‘q, deb ma'lum qildi Oliy Majlis Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev. Batafsil

18:43

«Tashkilotlar ishlayapti, lekin ularning ishi ko‘rinmayapti» – Komil Allamjonov matbuot xizmatlari faoliyatini tanqid qildi

Bugun, 4 oktabr kuni, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida davlat tashkilotlari matbuot xizmatlari faoliyatiga bag‘ishlangan majlis o‘tkazildi. Batafsil

18:24

Prezident administratsiyasi huzurida Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishda iqtisodiy tadqiqotlar sifati va rolini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Batafsil

17:20

«O‘zbekiston milliy manfaatlarga raxna soluvchi hech qanday shartnomaga qo‘l qo‘ymaydi». Sodiq Safoyev YeOIIga a'zolik ehtimoli haqida

O‘zbekistonning Yevrosiyo Iqtisodiy Ittifoqiga qo‘shilish ehtimolini ko‘rib chiqayotgani – yangilik emas. Shu bilan birga, rasmiy doiralarda hozircha bu masala faqat o‘rganib chiqilmoqda, yakuniy qarorga esa hali kelinmagan. Batafsil

17:09

O‘zbekiston prezidenti huzurida yangi agentlik tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “O‘zbekiston Respublikasida kadrlar siyosati va davlat xizmati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi. Batafsil

16:46

Tanlov, meritokratiya va mansab modeli - O‘zbekistonda davlat xizmati islohoti boshlandi

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “O‘zbekiston Respublikasida kadrlar siyosati va davlat xizmati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi. Batafsil

16:17

Mineral o‘g‘itlarning qanday zararlari bor? O‘zFA akademigi bilan shu va boshqa savollar yuzasidan suhbat

Kun.uz tahririyati bugungi ilm-fan, innovatsion tadqiqotlar, yaratilayotgan sharoitlar, yutuq va kamchiliklar, muammo va takliflar haqida olimlar bilan suhbatlarini davom ettiradi. Navbatdagi suhbatdoshimiz O‘zFA Umumiy va noorganik kimyo instituti akademigi Shafoat Sattarovich Namazov bo‘ldi. Batafsil

15:29

Nega o‘zbekistonliklar milliy mahsulotni xarid qilmaydi? «O‘zto‘qimachiliksanoat» raisi izoh berdi

Chetga eksport qilinadigan va ichki bozorda sotiladigan to‘qimachilik mahsulotlari sifat bo‘yicha farqlanadimi? Nega mahalliy aholi O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotni kam xarid qiladi?  Batafsil

14:46

Parkentdagi holatga munosabat: «Shirkni Alloh taolo kechirmaydi»

Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqda ayollar va bolalar kimningdir qabrini tavof qilayotgani, zinalarga bosh qo‘yib, sajda etayotgani tasvirlangan video tarqaldi. Batafsil

13:35

Yer, suv, erksiz fermerlar – O‘zbekistonda yerdan foydalanishdagi muammolar va oqibatlar

Niderlandiya o‘zining 1 million gektar yerida dehqonchilik qilib, 102 milliard dollarlik qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qiladi. Batafsil
Top