Özbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi tomonidan amalga oşirilayotgan nazorat işlari doirasida, “Öztransgaz” aksiyadorlik jamiyatiga qaraşli mintaqaviy gaz ta'minoti korxonalarining 2018 yil va 2019 yilning 1 çoragida tadbirkorlik sub'yektlariga tabiiy gaz yetkazib beriş borasidagi faoliyati örganildi. 

Qömita matbuot xizmatining ta'kidlaşiça, amaldagi qonunçilikka muvofiq iste'molçining faoliyat körsatiş sohasidan kelib çiqqan holda xöjalik yurituvçi sub'yektlarga tabiiy gaz yetkazib beriş va uni narxini şakllantirişni alohida tartibi belgilangan.

Pişgan ğişt, sement, asfalt işlab çiqariş, şuningdek ohaktoş va gipsni işlab çiqariş va qayta işlaş bilan şuğullanuvçi korxonalar uçun, restoranlar, kafelar, tantanalar ötkaziladigan boşqa obektlar uçun tabiiy gazning oşirilgan tariflari qöllaniladi.

Jamşid Qöçqorov: «Gaz ta'minotida 30 foizgaça yöqotişlar bölgan»

Bundan taşqari, qonunçilikda tarif özgargan holatlarda iste'molçi yetkazib beriladigan tabiiy gaz uçun oldindan tölov tölangan kundan e'tiboran keyingi keladigan 2 oy mobaynida qöşimça tölov tölaşdan ozod etilişi nazarda tutilgan.

Olib borilgan örganişlar natijasida, respublika böyiça 8 701 ta holatda mintaqaviy gaz ta'minoti korxonalari tomonidan belgilangan tariflarni asossiz oşirişi va xöjalik yurituvçi sub'yektlar tomonidan oldindan tölangan tölovlarni hisobga olmaslik kabi qonunbuzilişlarga yöl qöyilgani aniqlangan.

Masalan, Namangan viloyati, Töraqörğon tumanida faoliyat yuritayotgan “Davr metall” MÇJ tomonidan 2018 yilning fevral oyida iste'mol qilingan 58 157 m3 tabiiy gaz uçun belgilangan 263,4 söm örniga 1000 sömdan haq hisoblangan, natijada gaz ta'minoti korxonasi tomonidan 42,8 mln. söm asossiz foyda olingan.

Şuningdek, “Gulobod Osiyo Parranda” MÇJ tomonidan 2018 yilning 1 noyabr holatiga 34,4 mlrd. söm oldindan tölangan summa hisobga kiritilmagan va natijada 2018 yilning 1 noyabridan tariflarni oşişi munosabati bilan jamiyat qöşimça tölovlarni tölaşdan ozod etilmagan.

Aniqlangan qonunbuziliş holatlarini viloyatlar kesimida körilsa, unda quyidagiça böladi:

Buxoro viloyati böyiça – 300 holatda 407,6 mln. söm;
Jizzax viloyati böyiça – 620 holatda 1 942,5 mln. söm;
Qaşqadaryo viloyati böyiça – 516 holatda 88 019,9 mln. söm;
Navoiy viloyati böyiça – 22 holatda 59 150,4 mln. söm;
Namangan viloyati böyiça – 302 holatda 1 770,2 mln. söm;
Samarqand viloyati böyiça – 3737 holatda 11 935,0 mln. söm;
Sirdaryo viloyati böyiça – 56 holatda 119,5 mln. söm;
Surxondaryo viloyati böyiça – 509 holatda 10 534,1 mln. söm;
Toşkent viloyati böyiça – 1203 holatda 3 290,4 mln. söm;
Farğona viloyati böyiça – 23 holatda 240,0 mln. söm;
Xorazm viloyati böyiça – 1413 holatda 10 866,3 mln. sömni taşkil etadi.

Qayd etilişiça, respublika böyiça körsatilgan davr mobaynida gaz ta'minoti korxonalari tomonidan jami 188,2 mlrd. söm miqdorida asossiz daromad olingan.

Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi va uning hududiy boşqarmalariga berilgan vakolatlar doirasida mintaqaviy gaz ta'minoti korxonalariga nisbatan Özbekiston Respublikasi “Tabiiy monopoliyalar töğrisida”gi Qonuni talablarini buzilişi böyiça işlar qözğatilgan va asossiz olingan daromadlarni iste'molçilarga qaytariş töğrisida körsatmalar berilgan.

«Özbekenergo» «Öztransgaz»dan qança qarzdor?

Bildirilişiça, bugungi kunda mintaqaviy gaz ta'minoti korxonalarida asossiz olingan daromadlarni xöjalik yurituvçi sub'yektlarga qaytariş böyiça işlar olib borilmoqda.