Töylarni tartibga soliş töğrisidagi nizom e'lon qilindi (batafsil)
|22:24 / 05.10.2019222 80012 min
Foto: doca-tours.comFoto: doca-tours.com
Oliy Majlis Senati saytida Töylar, oilaviy tantanalar, ma'raka va marosimlar ötkazilişini tartibga soliş töğrisidagi nizom e'lon qilindi.
Qayd etilişiça, töylar, oilaviy tantanalar, ma'raka va marosimlar ötkazilişini tartibga solişda ijtimoiy adolat va qonuniylik, milliy urf-odat va qadriyatlarga sodiqlik, boşqa din va millat vakillarining urf-odatlarini hurmat qiliş hamda jamoatçilik fikrini inobatga oliş tamoyillariga rioya etiladi.
Töylar, oilaviy tantanalar, ma'raka va marosimlar faqat bir kun (dafn etiş marosimi bundan mustasno) soat 06:00 va 23:00 oraliğida ötkaziladi.
Hududlarning şaroitlaridan kelib çiqib, xalq deputatlari tumanlar va şaharlar Kengaşlari tomonidan oş beriş marosimining vaqti alohida belgilanadi.
Soat 23:00 dan keyin töylar, oilaviy tantanalar, ma'raka va marosimlarni davom ettirişga yöl qöyilmaydi.
Töylar, oilaviy tantanalar, ma'raka va marosimlarda 200 nafargaça, mazkur tadbirlar munosabati bilan oş beriş marosimida 250 nafargaça kişi qatnaşadi.
Qöşaloq töylarda 250 nafargaça, u bilan boğliq oş beriş marosimida 300 nafargaça kişi qatnaşişi mumkin.
Dafn etiş va motam marosimlari köpi bilan uç kun mobaynida çeklanmagan miqdordagi fuqarolar iştirokida ötkazilişi mumkin, oş beriş marosimi bundan mustasno.
Töylar, oilaviy tantanalar, ma'raka va marosimlarni ötkazişda:
töy ötkazuvçi şaxslar töydan kamida bir hafta oldin yaşaş joyidagi fuqarolarning özini özi boşqariş organlarini xabardor qilişi;
nikohni davlat röyxatidan ötkaziş, kelin-kuyovning töyxonaga kelişi va ketişi bilan boğliq oilaviy tadbirlarda 3 tadan köp bölgan yengil avtomaşinadan yoki jamoat xavfsizligiga tahdid soluvçi boşqa transport vositalaridan foydalanmaslik;
töylar, oilaviy tantanalar, ma'raka va marosimlarda pulli avtotransport xizmati litsenziyaga ega bölmagan taşuvçilar tomonidan körsatilişiga yöl qöymaslik, töy egalarining şaxsiy avtomaşinalaridan hamda homiylar yordamida jalb etilgan avtotransport vositalaridan foydalanilgan hollar bundan mustasno;
şuhratparastlik, dabdababozlik va isrofgarçilikka yöl qöymaslik;
Mavzuga oid
mahallalardagi ijtimoiy-ma'naviy muhit barqarorligiga putur yetkazmaslik, jamiyatda şakllangan odob-axloq qoidalariga qat'iy amal qiliş talab etiladi.
Töylar, oilaviy tantanalar, ma'raka va marosimlarda diniy mavzuda ma'ruza közda tutilgan bölsa, uşbu ma'ruza diniy taşkilotning vakolatli vakili tomonidan öqiladi.
Töylar, oilaviy tantanalar, ma'raka va marosimlarda litsenziyalanadigan faoliyat turidan foydalanilgan taqdirda, litsenziyali xizmat körsatadigan jismoniy va yuridik şaxslar töyxona, kafe, restoran ma'muriyatiga va uşbu xizmatdan foydalanuvçilarga bu kabi xizmatlarni körsatişga ruxsat beruvçi litsenziyaning nusxasini taqdim etadi.
Milliy an'analarga yot, odob-axloq qoidalariga zid bölgan turli şoularni, ortiqça vaqt va xarajat talab qiladigan töylar, oilaviy tantanalardan oldingi, tadbir davomidagi va undan keyingi qöşimça rasm-rusumlarni (“kelin navkari”, “çorlar”, “ota kördi”, “sep yoydi”, “quda çaqirdi”, “kuyov çaqirdi”, “kelin çaqirdi”, “toğora yuboriş”, “pul soçiş” va hokazolarni) ötkazişga yöl qöyilmaydi.
Dafn etiş va motam marosimlari bilan boğliq ortiqça tadbirlarni (“yetti”, “payşanbalik”, “yigirma”, “qirq”, “yil oşi”, “pul tarqatiş”, “mato ulaşiş” va hokazolarni) ötkazişga yöl qöyilmaydi.
Töyxona, kafe va restoranlarda töylar, oilaviy tantanalar, ma'raka va marosimlarni ötkazişda:
töylar, oilaviy tantanalar, ma'raka va marosimlar iştirokçilari soniga, ularni ötkaziş vaqtiga qat'iy rioya etiş;
atrofda yaşovçi aholining tinçligi va osoyiştaligini hamda maişiy şovqinga qarşi kuraş böyiça qonun hujjatlarida belgilangan talablarni buzmaslik;
oziq-ovqat mahsulotlari sifat sertifikati talablari darajasida bölişi hamda sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya etiş lozim.
Töyxona, kafe va restoranlarda 50 va undan ortiq şaxs iştirokida töylar, oilaviy tantanalar, ma'raka va marosimlar ötkaziş uçun tadbir ötkazuvçi şaxs hamda töyxona, kafe va restoran rahbari örtasida şartnoma tuziladi. Şartnomada tomonlarning huquq va majburiyatlari, iş va xizmat turi, tölov, xarajatlar miqdori, tadbir iştirokçilari soni, muddati hamda amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan boşqa talablar körsatiladi.
Töylar, oilaviy tantanalar, ma'raka va marosimlarda san'atkorlar (xonanda, sozanda, raqqosa, boşlovçi, söz ustasi, fotograf va boşqalar) qonun hujjatlariga muvofiq şartnoma asosida xizmat körsatadi.
Töylar, oilaviy tantanalar, ma'raka va marosimlarda ikki nafardan ortiq xonandaning (guruhning) xizmat körsatişiga yöl qöyilmaydi.
Töyxona, kafe va restoranlar ma'muriyati töylar, oilaviy tantanalar, ma'raka va marosimlar ötkazilayotganda xavfsizlik çoralarini ta'minlaşi şart.
Töylar, oilaviy tantanalar, ma'raka va marosimlarni muvofiqlaştiriş böyiça Respublika komissiyasi, Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman va şahar Kengaşlaridagi Töy-haşamlar, oilaviy tantanalar, ma'raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bağişlangan tadbirlar ötkazilişini tartibga soliş masalalari böyiça komissiyalar (bundan buyon matnda hududiy komissiyalar deb yuritiladi), Fuqarolarning özini özi boşqariş organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş böyiça Respublika kengaşi, Respublika “Nuroniy” jamğarmasi, Ma'naviyat va ma'rifat markazi, Xotin-qizlar qömitasi, “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi, Özbekiston musulmonlari idorasi, Özbekiston yoşlar ittifoqi öz vakolatlari doirasida töylar, oilaviy tantanalar, ma'raka va marosimlar ötkazilişi ustidan jamoatçilik nazorati taşkil etilişini ta'minlaydi.
Töylar, oilaviy tantanalar, ma'raka va marosimlarni muvofiqlaştiriş böyiça Respublika komissiyasi va hududiy komissiyalar:
töylar, oilaviy tantanalar, ma'raka va marosimlar ötkazilişi ustidan jamoatçilik nazoratini taşkil etadi, şuningdek, bu borada monitoringni amalga oşiradi;
keng jamoatçilik fikrini örgangan holda töylar, oilaviy tantanalar, ma'raka va marosimlarni ötkazişga oid qonun hujjatlarini takomillaştiriş böyiça takliflar işlab çiqadi;
töylar, oilaviy tantanalar, ma'raka va marosimlarni ixçam, isrofgarçiliksiz va belgilangan talablar asosida ötkaziş böyiça aholi örtasida tarğibot işlarini olib boradi hamda örnatilgan tartibga rioya etmagan fuqarolarni mahalla fuqarolar yiğiniga taklif qilgan holda jamoatçilik örtasida muhokama qiladi.
Mahalla fuqarolar yiğini, “Nuroniy” jamğarmasi hududiy bölimlari:
töylar, oilaviy tantanalar, ma'raka va marosimlarni ötkaziş bilan boğliq milliy qadriyatlarga, axloq qoidalariga zid bölgan marosimlar, nomaqbul odatlar va ularning salbiy oqibatlari töğrisida tuşuntiriş işlarini olib borişi va tegişli tavsiyalar berişi;
töy egalari tomonidan sodir etiladigan milliy urf-odat va an'analarni mensimaslik, şuhratparastlik, isrofgarçilik kabi xatti-harakatlar ustidan jamoatçilik nazoratini örnatişi, tegişli talablarga rioya etilmagan holatlarni jamoatçilik muhokamasiga olib çiqişi;
töylar, oilaviy tantanalar, ma'raka va marosimlarni ixçam, keng aholi manfaatlarini, milliy qadriyat va an'analarni hisobga olgan holda, ijtimoiy tabaqalanişga yöl qöymasdan ötkaziş böyiça jamoaviy suhbatlar taşkil etişi;
hududda ötkazilişi rejalaştirilgan har bir oilaviy tadbirdan xabardor bölişi, uning ötkaziladigan joyi, iştirokçilar soni böyiça ma'lumotga ega bölişi;
töylar, oilaviy tantanalar, ma'raka va marosimlardan oldin va keyin ötkaziladigan ortiqça rasm-rusum va marosimlarning oldini oliş çoralarini körişi lozim.
Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi:
töylar, oilaviy tantanalar, ma'raka va marosimlarda milliy qadriyatlarimizga yot bölgan “ommaviy madaniyat” unsurlari namoyon bölişining oldini oliş maqsadida muntazam ma'naviy-ma'rifiy tarğibot işlarini olib borişi;
ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali namunali töylar, oilaviy tantanalar, ma'raka va marosimlar haqida jamoatçilik fikrini şakllantirişi, ijtimoiy roliklar yaratişi, uslubiy qöllanmalar va tarğibot materiallari tayyorlaşi;
mahalliy hokimliklar bilan hamkorlikda FHDYo idoralarida nikohdan ötayotgan kelin-kuyovlarga oila ma'naviyati, axloqi va ajdodlarimizning mustahkam oila haqidagi ögitlari bayon qilingan ma'lumotlar, kitoblar va boşqa materiallar berib boriş amaliyotini yölga qöyişi lozim.
Xotin-qizlar qömitasi, “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi:
töylar, oilaviy tantanalar, ma'raka va marosimlar ötkazişni rejalaştirgan oila vakillari bilan, ayniqsa, nikohning ilk davrlarida er-xotin va ularning ota-onalari örtasidagi munosabatlarni mustahkamlaş borasida suhbatlar taşkil etişi;
xotin-qizlarga töylar, oilaviy tantanalar, ma'raka va marosimlarni kamxarj qilib ötkazişni, ularda ortiqça isrofgarçilikka beriliş oila iqtisodiga va yoş oilaning mustahkamligiga salbiy ta'sir körsatişini hayotiy misollar orqali keng tuşuntirişi;
“Ota-onalar universiteti” maşğulotlarida sarpo, buyum yiğişga ruju qöyiş, oila budjetini notöğri rejalaştiriş va boşqa nosoğlom orzu-havaslarning salbiy oqibatlarini tuşuntirişi lozim.
Özbekiston yoşlar ittifoqi:
turmuş quriş arafasida turgan yoşlar bilan ijtimoiy-psixologik suhbatlar uyuştirişi, ularni oilaviy hayotga tayyorlaşi, töylar, oilaviy tantanalar, ma'raka va marosimlarni ixçam va isrofgarçiliksiz ötkaziş böyiça tarğibot işlarini olib borişi;
yoşlar örtasida urf bölayotgan “ommaviy madaniyat”, “sevgi tarixi”, qimmatbaho maşinalar korteji va boşqalarning salbiy oqibatlarini körsatib beradigan ijtimoiy roliklar va filmlar, badiiy asarlar tayyorlaş hamda tarğib qiliş tadbirlarini amalga oşirişi lozim.
FHDYo organlari:
nikohdan ötiş maqsadida ariza bergan şaxslar hamda ularning ota-onalari bilan yaşaş joylarida, mahallada suhbatlar uyuştirişi, ularga nikohdan ötiş tartib-taomillari, töy marosimlarini kamxarj va ixçam ötkaziş böyiça tuşuntiriş berişi;
mahalliy davlat hokimiyati va boşqa taşkilotlar bilan birgalikda din ulamolari, tibbiyot xodimlari, psixologlar iştirokida “Yoş kelin-kuyovlar klubi”, “Oila maktabi”, “Qudalar suhbati” kabi kurslar taşkil qilişi;
nikohdan ötiş haqidagi arizani röyxatdan ötkazgandan söng uç iş kunida nikohlanuvçi şaxslar yaşayotgan mahalla fuqarolar yiğinini bu haqda xabardor qilişi lozim.
Içki işlar organlari profilaktika inspektori fuqarolarning özini özi boşqariş organlari bilan birgalikda fuqarolar örtasida töylar, oilaviy tantanalar, ma'raka va marosimlarni ixçam va kamxarj ötkazişga, jamiyatda qabul qilingan xulq-atvor normalari va qoidalarini aholi ongiga singdirişga, töylar, oilaviy tantanalar, ma'raka va marosimlarning şuhratparastlik va dabdaba bilan ötkazilişining oldini olişga qaratilgan aniq va maqsadli profilaktik tadbirlarni taşkil etişi, şuningdek bunday tadbirlar davomida jamoat tartibini ta'minlaşi lozim.
Töyxona, kafe va restoranlar ma'muriyati rejalaştirilayotgan töylar, oilaviy tantanalar, ma'raka va marosimlar haqida uşbu tadbirlar ötkazilişidan kamida ikki kun oldin tegişli hududdagi içki işlar organiga yozma ravişda xabar berişi lozim.
Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman va şahar Kengaşlari töylar, oilaviy tantanalar, ma'raka va marosimlarni ötkazişga oid qonun hujjatlari ijro etilişi ustidan doimiy deputatlik nazoratini amalga oşiradi.
Deputatlik nazorati natijalari böyiça mahalliy urf-odatlar, milliy an'analardan kelib çiqib, Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman va şahar Kengaşlari tomonidan uşbu Nizom doirasida tegişli hududdagi töylar, oilaviy tantanalar, ma'raka va marosimlarni ötkaziş bilan boğliq boşqa qöşimça talablar hamda tavsiyalar belgilanişi mumkin.