«Kasperskiy laboratoriyasi» kompaniyasi mutaxassislari Özbekiston Davlat xavfsizlik xizmati bilan boğliq bölgan kiberguruhni aniqlaşga muvaffaq bölişdi.

Qayd etilişiça, bu SandCat deb nomlangan bölinma a'zolari tomonidan öz operatsion xavfsizligini ta'minlaş çoğida yöl qöyilgan xatolar sababli röy bergan. Xususan, tadqiqotçilar guruh tomonidan işlatiladigan bir qator eksploitlarni, şuningdek, işlab çiqariş jarayonida bölgan zararli dasturiy ta'minotni aniqlaşdi, deb yozmoqda Motherboard Vice naşri.

Reuters’ning yozişiça, şubhali amaliyotlardan biri hujumlarda foydalanilgan domenni röyxatdan ötkazişda «DXX bilan boğliq bölgan harbiy qism nomidan» foydalanişni öz içiga olgan. Bundan taşqari, SandCat iştirokçilari yangi zararli dastur işlab çiqilayotgan kompyuterga «Kasperskiy laboratoriyasi» tomonidan işlab çiqarilgan antivirusni örnatişgan, bu mutaxassislarga yaratiş bosqiçida zararli kodni aniqlaş imkonini berdi.

Guruh kompyuterlardan birining skrinşotini sinov fayliga joylaştiriş orqali yana bir xatoga yöl qöydi va şu tarzda hujumlar uçun işlab çiqilayotgan keng platformani oçiqladi. Uşbu barça kamçiliklar tufayli mutaxassislar SandCat tomonidan uçinçi tomon vositaçilaridan olingan nolinçi kun zaifligi (dasturiy ta'minot işlab çiquvçisining xabari bölmagan kamçilik) uçun törtta eksploitni aniqlaşdi, şuningdek, nafaqat uşbu guruhning, balki Saudiya Arabistoni va Birlaşgan Arab Amirliklaridagi xuddi şu eksploitlardan foydalanuvçi boşqa xakerlik guruhlari faolligini ham kuzatib borişdi.

Tadqiqot davomida mutaxassislarning aniqlaşiça, zararli dasturiy ta'minotlarni sinaş uçun işlatiladigan maşinalarning IP-manzillari Toşkentdagi 02616-harbiy qismda röyxatdan ötgan itt.uz domeni bilan boğliqdir. Bundan taşqari, SandCat aynan öşa kompyuterlardan zararli dasturlar namunalarini Virus Total’ga yuklagan.

Birinçi marta «Kasperskiy laboratoriyasi» mutaxassislari 2018 yilda SandCat faolligining izlarini aniqlaşgan, ammo öşa paytda guruhni DXX bilan boğliq deb taxmin qiliş uçun heç qanday sabab bölmagan. SandCat öz faoliyatida Chainshot nomli zararli dasturdan foydalangan, undan Saudiya Arabistoni va BAAdagi guruhlar ham foydalanadi. Biroq, SandCat hujumlarida boşqa infratuzilma jalb qilingan, buning asosida mutaxassislar kelgan xulosaga köra, gap turli guruhlar haqida bormoqda.