Samarqand viloyati Iştixon tumani markazidagi dehqon bozori yaqindagina ta'mirdan çiqarildi. Garçi bu yerda sotuvçilar va xaridorlar uçun zarur şaroitlar yaratilgan bölsa-da, yonğin xavfsizligi qoidalariga mutlaqo amal qilinmagani xavotirli.


Bu haqda Yonğin xavfsizligi bölinmasi viloyat televideniyesida ham çiqiş qilgan edi. Öşa reportajda yonğin xavfsizligini ta'minlaş uçun bozorda şaroit yöqligi, çunonçi, öt öçiruvçi maşinalar bozor hududiga kira olmasligi, bunga bozor darvozasi oldidagi temir tösiqlar monelik qilişi, suv töldiriladigan hovuz böşligi, yonğinga qarşi kuraşiş qalqoni talab darajasida emasligi tanqid ostiga olingan edi.

Televideniyedagi tanqidga munosib javob berilmadi va barça qörqqan hodisa röy berdi — bozordagi dökonlardan biriga öt ketdi. Tadbirkor Umid Mamaşov yongan dökonni ijaraga olganiga endigina bir oy bölgan edi. Öt nimadan çiqqani noma'lum, şunisi aniqki, elektr simlar yaqindagina almaştirilgan, transformatorda heç qanaqa qisqa tutaşuv alomatlari yöq. Biroq dökoniga öt ketib, u 200 million sömga yaqin oziq-ovqat mahsulotlaridan ayrildi.


Dökondor dökonga kimdir öt qöyganidan ham şubhalanmoqda va bu borada huquq-tartibot idoralariga ham murojaat qilgan. Şuningdek, u öziga yetkazilgan zararlar mazkur holatga aybdorlar tomonidan tölab berilişini ham istamoqda.
Dökonning orqasidagi köça ham mojaroli. Fuqarolardan biri u yerdan yuk keltiruvçi dökondorlardan tovlamaçilik qilib pul talab qilayotganini aytib berişdi. Bu holga mahalla uçastka inspektori ham çora körolmayapti ekan.
























