Saida Mirziyoyeva: matbuot kotiblari OAV va jamoatchilik so‘rovlariga zudlik bilan munosabat bildirishi lozim

Foto: Facebook /Saida Mirziyoyeva
4 oktabr kuni Prezident Adminstratsiya huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi katta majlislar zalida vazirliklar, qo‘mitalar, hokimliklar va boshqa yirik davlat tashkilotlarining matbuot kotiblari – axborot siyosati masalalari bo‘yicha rahbar maslahatchilari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda qatnashgan agentlik direktori o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva yig‘ilish natijalariga ko‘ra o‘zining rasmiy sahifasida quyidagi postni qoldirdi:
“Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni samarali yoritish uchun nimalar qilish kerak? Prezidentimizning 27 iyunda qabul qilingan hamda O‘zbekiston matbuot xizmatlari uchun ma’lum ma’noda tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan qarorining ijrosi qanday? Bugungi davrda davlat organlari axborot xizmatlari oldida qanday ustuvor vazifalar turibdi?

Shu va boshqa dolzarb masalalarni bugun Agentligimizda bo‘lib o‘tgan davlat organlari matbuot xizmatlari rahbarlari bilan uchrashuvda muhokama qildik. Ishtirokchilar tezkor va xolisona axborotning eng birinchi manbasiga aylanishi, OAV va jamoatchilik so‘rovlariga zudlik bilan munosabat bildirishi lozimligini yakdil e’tirof etdi. Shuningdek, matbuot xizmatlarining mamlakatimiz axborot xavfsizligi va barqaror taraqqiyotini ta’minlashdagi o‘rni xususida so‘z yuritildi.

Umid qilamanki, matbuot xizmatlari xodimlari kontentni faol shakllantirib, OAV va jamoatchilik, qolaversa, hamkasblari bilan yanada yaqin hamkorlik qilib, zimmasiga yuklatilgan g‘oyatda muhim vazifani samarali bajarishga intiladilar” – deya so‘zlariga yakun yasagan Saida Mirziyoyeva.
Tavsiya etamiz
O‘qituvchilarni ovoz yig‘ishga majburlagan maktab direktori ishdan olindi
O‘zbekiston | 11:20 / 14.03.2025
Putin AQSh va Ukrainaning 30 kunlik otashkesim taklifiga rozi bo‘ldi
Jahon | 23:00 / 13.03.2025
“Xitoy bilan oramiz buzilishini istovchi davlatlar bor” – tarmoqdagi dolzarb mavzu haqida suhbat
O‘zbekiston | 15:17 / 13.03.2025
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30 / 13.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Yaman husiylariga qarshi harbiy amaliyot boshlashni buyurdi
Jahon | 01:48
-
Toshkent viloyatida 1 mln dollarga yer sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
Jamiyat | 23:32 / 15.03.2025
-
Yevropa Ittifoqi harbiy razvedka uchun sun’iy yo‘ldosh tarmog‘ini yaratishi mumkin
Jahon | 22:27 / 15.03.2025
-
Tramp «Ozodlik radiosi» va «Amerika Ovozi» radiosini nazorat qiluvchi agentlikni qisqartirmoqchi
Jahon | 22:01 / 15.03.2025
Mavzuga oid

11:08 / 08.03.2025
Saida Mirziyoyeva 8 mart munosabati bilan barcha ayollarni tabrikladi

22:01 / 05.03.2025
Saida Mirziyoyeva Qozog‘iston elchisi bilan strategik sheriklik masalalarini muhokama qildi

10:41 / 05.03.2025
Korrupsiya muammosini jamoatchilikka olib chiqishda OAVning o‘rni ortmoqda - prezident

10:32 / 01.03.2025