- 24 fevral kuni "ADM Jizzax" avtomobil zavodida Kia Bongo yengil yuk mashinasining ishlab chiqarilishi boshlandi
- Yuk ko‘tarish quvvati 1 tonna bo‘lgan avtomobil 2,665 kub sm (80 ot kuchi) ishonchli dizel dvigateli va besh pog‘onali mexanik uzatmalar qutisi bilan jihozlangan bo‘lib, orqa g‘ildiraklar o‘qiga privodga egadir.
- Kia Bongo O‘zbekistonda, "qisqa" Single Cab kabinali va uzaytirilgan Super Cab kabinali versiyalarda mos ravishda 264 900 000 va 269 900 000 so‘m narxlarda taqdim etiladi
24.02.2023y., Toshkent sh. – Kiaʼning O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori Roodell kompaniyasi, 2023 yil 24 fevral kuni "ADM Jizzax" avtomobil zavodida Kia Bongo yengil tijorat avtomobili ishlab chiqarilishi boshlanganini ma’lum qiladi. Yengil yuk mashinasi O‘zbekiston bozoriga ikki – qisqa bir qatorli Single Cab kabina va uzaytirilgan bir qatorli Super Cab kabinali versiyalarda, mos ravishda 264 900 000 sum va 269 900 000 so‘m narxlarda sotuvga chiqariladi.

Kia Bongo – yengil tijorat yuklanuvchi model bo‘lib, ilk bora 1997 yilda taqdim etilgan. Hozirgi vaqtda dunyoning turli mintaqalaridagi mijozlarga Bongoʼning uchinchi avlodi taklif qilinmoqda. Avtomobil kichik va o‘rta biznes uchun, shahar ichida kamgabaritli tashuvlar sohasi uchun mo‘ljallangan bo‘lib, sifatli va ishonchli transport vositasi sifatida doimiy obro‘ga ega.
Ekstererining zamonaviy dizayni, dinamik xususiyatlari, tafsilotlarga berilgan e’tibor tufayli, Kia Bongo yengil tijorat avtomobillari segmenti uchun har tomonlama yangi standartlarni o‘rnatadi. Rivojlangan old bamper, aerodinamik jihatdan takomillashtirilgan kabinasining dizayni, Kia brendi uslubidagi radiator panjarasi yuk mashinasining ko‘rinishini zamonaviy va esda qolarliga aylantirib, shu bilan birga modelning oldingi avlodlarining barcha taniqli asosiy xususiyatlarini hurmat bilan saqlab qoladi.

Bongoʼning gabarit uzunligi 5115 mm dan boshlanib, yuk ko‘tarish quvvati 1 tonnani tashkil qiladi. Yuk platformasining uzunligi kabina turiga bog‘liq: Super Cab versiyasida u 2 860 mmga, Single Cab versiyasida esa - 3 110 mmga tengdir. Kia Bongoʼning platformasida bort kuzovi, refrijyerator, furgon, manipulyator, sisterna va boshqa ko‘plab qo‘shimcha uskunalar variantlari joylashtirilishi mumkin.
Kia Bongoʼning saloni ergonomika nuqtai nazaridan yaxshi loyihalangan, qulay, funksional va amaliydir. Avtomobil loyihalanishida qulaylikni ta’minlash eng ustuvor vazifalardan biri edi. Qalinlashtirilgan orqali va yostiqli matoli o‘rindiqlar, o‘ylangan, optimal konstruksiyaga egalar, bosh suyanchiqlari balandlik bo‘yicha sozlanadi, shu bilan birga, rul balandligini sozlash ham nazarda tutilgan. Kia Bongo saloni jihozlari ro‘yxatida - konditsioner, USB-kirishli magnitola, orqa parkovka datchiklari, hamda avtomobildan foydalanishni yanada qulayroq qiladigan va qulaylik darajasini orttiradigan boshqa qator foydali variantlar mavjud.







