Boş prokuratura huzuridagi Departament xabariga köra, holatlar Ğallaorol va Mirzaçöl tuman bölimlari hamda boşqa huquqni muhofaza qiluvçi organlar hamkorligida ötkazilgan alohida tezkor tadbirlarda aniqlangan.
Birinçi holatda «Jizzax suv taʼminoti» AJ Jizzax şahar filiali inspektori Oʻ.A. fuqaro U.S.ning qurilişi tugallanmagan binosida suvdan noqonuniy foydalanilgani yuzasidan dalolatnoma rasmiylaştirmaslikni vaʼda qilgan.
Departament maʼlumotiga köra, inspektor buning evaziga 2 mln söm olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan. Tezkor tadbirni Departamentning Ğallaorol tumani bölimi hamkor idoralar bilan ötkazgan.
Ikkinçi holat Mirzaçöl tumanida qayd etilgan. «Jizzax suv taʼminoti» AJning tuman filiali muhandisi A.X. fuqaro A.E.ning içimlik suvidan noqonuniy foydalangani böyiça dalolatnoma rasmiylaştirmaslik va jarima yozmaslik evaziga pul olganlikda gumon qilinmoqda.
U 2,2 mln sömni olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangani bildirilgan.
Har ikki holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işlari qözğatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.













