Dehqonchilik uchun yerlar aholiga 30 yilga ijaraga beriladi

Foto: Kun.uz
“Dehqon xo‘jaliklari tashkil etishni qo‘llab-quvvatlash orqali aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Fermerlar va klasterlar foydalanishidagi paxta va g‘alladan qisqartirilgan hamda aholi punktlariga yaqin va suv ta’minoti yaxshi bo‘lgan yerlardan 2022 yil yakunigacha qo‘shimcha 20 ming gektar – umumiy 100 ming gektar ekin maydonlari, 2023 yilda 95 169 gektar ekin maydonlari aholiga ochiq elektron tanlov orqali ijaraga beriladi.
Ekin maydonlari 30 yil muddatga:
- suv ta’minoti yaxshi bo‘lgan yerlardan – Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 0,15 gektardan 1 gektargacha, boshqa viloyatlarda 0,30 gektardan 1 gektargacha hamda Qoraqalpog‘istonda 0,30 gektardan 2 gektargacha bo‘lgan o‘lchamlarda;
- kam suvli yerlardan – viloyatlarda 0,50 gektardan 1 gektargacha hamda Qoraqalpog‘istonda 0,50 gektardan 2 gektargacha bo‘lgan o‘lchamlarda ijaraga beriladi.
2022–2023 yillarda ekin maydonlarini aholiga berish uchun o‘tkaziladigan tanlovda 1 ta talabgor ishtirok etsa ham, istisno tariqasida, tanlov o‘tkazilgan hisoblanadi.
Issiqxona rivojlangan tumanlarda dehqon xo‘jaliklariga ajratib berilgan ekin maydonlarida isitish tizimlarini o‘rnatmagan holda yengil konstruksiyali issiqxonalar qurilishiga ruxsat beriladi.
“Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan aholiga dehqon xo‘jaligini uchun yer tanlov orqali ijaraga berilganda, ular daftarlardan chiqarilmaydi va ular uchun barcha imtiyoz va preferensiyalar bir yilga saqlab qolinadi.
Tavsiya etamiz
“Kontraktga kirsang o‘qita olmaymiz deyishgan” – orzular yo‘lida stereotiplarni yengib o‘tgan navoiylik qiz hikoyasi
Jamiyat | 20:50 / 25.03.2025
AESda ishlab chiqariladigan elektr energiyasining narxi qancha bo‘ladi?
O‘zbekiston | 18:04 / 25.03.2025
JCh-2026 saralashi: Eronga qarshi o‘yin oldidan
Sport | 15:16 / 25.03.2025
Kiyevga yana zarba berildi. Qurbonlar bor
Jahon | 13:57 / 23.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xitoydagi restoran “klassik musiqa eshitib” o‘sgan tovuq go‘shtini 66 dollarga taklif qilmoqda
Jahon | 11:51
-
Argentina Braziliyaga 4 ta gol urdi. Messi va jamoa titulni himoya qiladi
Sport | 11:51
-
O‘zbekiston va Qozog‘iston poytaxtida ikki mamlakat savdo markazlari qurilishi mumkin
Iqtisodiyot | 11:43
-
Tramp yangi bojlar joriy etishi mumkin
Jahon | 11:23
Mavzuga oid

10:09 / 25.03.2025
66 mingdan ortiq holatda yerlarning o‘zboshimchalik bilan egallab olinishi aniqlandi

15:44 / 16.03.2025
Xorazmda yer maydonini sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

20:15 / 14.03.2025
Toshkentda bitta xonadon narxi necha yillik ijara haqiga teng?

16:24 / 07.03.2025