Toşkentda Qozoğistonning, Ostonada esa Özbekistonning savdo markazi qurilişi mumkin.

"Kazinform" xalqaro axborot agentligi ma’lumotiga köra, Qozoğistonning Toşkentdagi elçixonasida Özbekistonda faoliyat olib borayotgan qozoğistonlik tadbirkorlar bilan uçraşuv ötkazildi. Unda ikki davlat örtasidagi iqtisodiy aloqalarni mustahkamlaşga xizmat qiladigan qöşma loyihalarni amalga oşiriş imkoniyatlari muhokama qilindi.

Ma’lum qilinişiça, ötgan yili Qozoğistonning Oqtov şahrida Özbekiston mahsulotlarining distribyutorlik markazi oçildi. Mazkur markazi orqali Özbekistondan Qozoğiston bozoriga qişloq xöjaligi tovarlari, jumladan, oziq-ovqat mahsulotlarini eksport qilinmoqda. Bundan taşqari, mazkur habdan boşqa mamlakatlarga eksport qilinayotgan Özbekiston mahsulotlarini vaqtinça saqlaş uçun foydalaniladi. 

"Ötgan yozda Qozoğistonda hukumatlararo komissiya yiğilişi bölib ötdi. Tadbir doirasida Ostona şahri hokimi bilan samarali uçraşuv ötkazdik va hamkorlik memorandumini imzoladik. Uşbu hujjatda, Özbekiston tomoniga Ostona şahridan yer, xuddi şunday tartibda Toşkent şahridan Qozoğiston uçun yer ajratiş közda tutilgan. Savdo markazlari uşbu hududlarda qurilişi kerak. Keyinçalik uşbu markazlar orqali Özbekiston tovarlarini Ostonada, Qozoğiston mahsulotlarini esa Toşkentda sotiş mumkin böladi", – deya Özbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi örinbosari Dilşod Rasulov sözlaridan iqtibos keltirilgan maqolada.