Xorazm viloyati Şovot tumanida yer maydonini sotmoqçi bölgan şaxslar uşlangan. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi departament xabar bermoqda.
Departamentning Gurlan tumani bölimi va IIB xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda muqaddam sudlangan B.Yu. va D.Yu. fuqaro X.A.ning işonçiga kirib, Şovot tumani “Mevazor” MFY hududidagi davlat zaxirasidagi 25 sotix yerni göyoki yuqori lavozimda işlovçi tanişlari orqali 66 000 dollar evaziga uning nomiga rasmiylaştirib berişini aytib, şundan 45 000 dollar va 130 mln söm olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Qayd etilişiça, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora beriş) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.












