«Davlat belgisi»ning uzoq yillik rahbari o‘rniga yangi direktor tayinlandi
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi «Davlat belgisi» davlat ishlab chiqarish birlashmasi bosh direktori o‘zgardi. Hukumat qarori bilan Baxtiyor Jalilovich Jumayev ushbu lavozimni egallagan.
U bu lavozimda o‘tgan asrning 90-yillari boshidan buyon faoliyat ko‘rsatib kelgan Sulaymon Xudoyqulovich Xudoyqulov o‘rniga tayinlangan.
Sulaymon Xudoyqulov shu yilning iyunida pensiyaga chiqishi munosabati bilan «Davlat belgisi» davlat ishlab chiqarish birlashmasi bosh direktorligidan ketgandi.
Ma'lumot uchun, «Davlat belgisi» davlat ishlab chiqarish birlashmasi — qalbakilashtirishdan himoyalangan qimmatli qog‘ozlar, pasport qog‘ozlari, aksiz markalar uchun qog‘ozlar, pul bosiladigan qog‘ozlar, banknotlar, sertifikatlar, lotereya biletlari, veksellar, cheklar, aksiz va pochta markalari, kolleksiya va esdalik tangalari to‘plami, esdalik nishonlari va shu kabilarni ishlab chiqaruvchi birlashmadir.
Tavsiya etamiz
Husanov nega o‘ynamayapti?
Sport | 10:00 / 01.05.2025
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50 / 30.04.2025
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37 / 30.04.2025
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Filippinda yuz bergan YTHda 10 kishi halok bo‘ldi
Jahon | 01:24
-
Zelenskiy Trampdan eng kuchli qartalar to‘plamini oldi - AQSh moliya vaziri
Jahon | 00:52
-
NASA’ning ikki ayol astronavti XKS bortidan ochiq kosmosga chiqdi
Fan-texnika | 00:20
-
Payariq hokimining ta’qibi ortidan qamalgan tadbirkorni Oliy sud ozod qildi
O‘zbekiston | 23:37 / 01.05.2025
Mavzuga oid

17:09 / 26.02.2019
«Davlat belgisi» birlashmasi strategik xaridorga aylandi

21:50 / 08.06.2018