Vazirlar Mahkamasi «Davlat belgisi» davlat işlab çiqariş birlaşmasi boş direktorini lavozimdan ozod qiliş töğrisidagi qarorni qabul qildi.
Unga köra, Sulaymon Xudayquloviç Xudayqulov pensiyaga çiqişi munosabati bilan «Davlat belgisi» davlat işlab çiqariş birlaşmasi boş direktorligidan ketgan.
Ma'lumot uçun, «Davlat belgisi» davlat işlab çiqariş birlaşmasi — qalbakilaştirişdan himoyalangan qimmatli qoğozlar, pasport qoğozlari, aksiz markalar uçun qoğozlar, pul bosiladigan qoğozlar, banknotlar, sertifikatlar, lotereya biletlari, veksellar, çeklar, aksiz va poçta markalari, kolleksiya va esdalik tangalari töplami, esdalik nişonlari va şu kabilarni işlab çiqaruvçi birlaşmadir.







