17 -18 sentabrdagi 2 birja kunida propan narxi 64,8 foizga koʻtarildi. Kun.uz eʼtibor qaratgan Tovar-xomashyo birjasi maʼlumotlari shundan darak beryapti.
17-sentabrdagi savdolarda suyultirilgan gazning 1 tonnasi uchun narx oʻrtacha 7 mln 412 ming soʻmdan 11 mln 905 ming soʻmgacha yoki 60,6 foizga koʻtarildi.

18-sentabr kuni esa narx qariyb 2,6 foizga oshib, 12 mln 217 ming soʻmga yetdi. Shu tariqa propanning ulgurji bahosi 2 kun ichida 4,8 mln soʻmga yoki taxminan 65 foizga qimmatlashdi.

Narxlarning keskin koʻtarilishi 17-sentabrdan boshlab birja savdolarida suyultirilgan gazni sotish narxining oʻsishiga qoʻyilgan cheklovning bekor qilingani bilan bogʻliq boʻlishi mumkin.













