16:40 / 22.04.2018
18637
Pavel Durov kimlar bilan tortishgan va bu nimalar bilan tugagan?

Telegram asoschisining Rossiya maxsus xizmat vakillari bilan qarama-qarshiligi boy tarixga ega.

Kim bilan va nima uchun? FXX bilan 2011 yildagi norozilik chiqishlari tufayli.

2011 yilda Durov FXXning ommaviy norozilik namoyishlari muhokama qilinayotgan «V Kontakte»dagi bir necha sahifalarni bloklash haqidagi talabi haqida hikoya qilib bergan. O‘shanda u FXX talabnomasi fotosini tilini chiqarib turgan it surati bilan birga e'lon qilib, «Maxsus xizmatlarga guruhlarni bloklash haqidagi talabiga rasmiy javob», deya izoh yozgan.

Nima bilan tugadi. Durov guruhlarni bloklashdan bosh tortdi.

twitter.com/durov/

Foto. Durovning FXX talablarini bajarishni istamasligi haqidagi postiga illyustratsiya, 2011 yil 8 dekabr.

 

Kim bilan va nima uchun? FXX bilan Ukrainadagi mitinglar tufayli.

2013 yil 3 dekabr. «V Kontakte» Ukrainadagi inqilob bilan bog‘liq guruhlarning mualliflari va tashkilotchilariga tegishli «qayd qilishda ishlatilgan ma'lumotlarni berish» talabnomasini oladi.

Nima bilan tugadi. «V Kontakte» talabni bajarmadi. Rossiya yurisdiksiyasi ijtimoiy tarmoqning ukrainalik foydalanuvchilariga daxl qilmaydi, deya tushuntirish berdi Durov.

vk.com/durov

Foto. Bu fotoni Durov Kiyevdagi Maydondagi voqealar chog‘ida o‘zining «V Kontakte»dagi sahifasida e'lon qilgan. 2014 yil 27 yanvyar.

 

Kim bilan va nima uchun? IIV bilan yo‘l harakati qoidalari buzilgani uchun

2013 yil 5 aprel kuni Peterburgda Tergov qo‘mitasi o‘z ma'lumotlariga asoslanib, rulida Durov bo‘lgan oq rangli «Mersedes» yo‘l harakati qoidalarini buzgan holda, YPX inspektorini urib yuborib, voqea joyidan g‘oyib bo‘lganini ta'kidlaydi. Shundan so‘ng, «V Kontakte» ofisida va Durovning uyida tintiv o‘tkaziladi.

Nima bilan tugadi. Durovga nisbatan ma'muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atildi. Tergov-surishtiruv ishlari chog‘ida «V Kontakte» hammuassislari Vyacheslav Mirilashvili va Lev Leviyev ijtimoiy tarmoqdagi 48 foiz ulushlarini Ilya Shcherbovichning UCP fondi rahbarligidagi investorlar konsorsiumiga sotishadi. 2014 yil yanvarida esa Durov «V Kontakte»dagi o‘z ulushini biznemsen Ivan Tavringa sotgani oydinlashadi.

Foto: Vedomosti

Foto. Durovning ehtimolli ishtirokidagi avtohalokat surati.

 

Kim bilan va nima uchun? Shcherbovich bilan Telegram tufayli.

Tafsilotlar. 2014 yilning aprelida Ilya Shcherbovichning UCP fondi Durovga nisbatan da'vo arizasini kiritadi. E'tirozning mohiyati — «V Kontakte»ning bosh direktori bo‘la turib, Durov ijtimoiy tarmoqlar resurslaridan foydalanib, Telegram’ni rivojlantirgan, demak aksiyador sifatida UCP’ning manfaatlariga zid ish qilgan. Durov Telegram’ni berishni istamay javoban da'vo arizasi kiritgan.

Nima bilan tugadi. Natijada UCP’ning «V Kontakte»dagi ulushini Mail.Ru Group sotib oldi, shundan so‘ng fond Telegram’ga nisbatan da'vosidan voz kechdi.

medium.com/@anton.rozenberg

Foto. Telegram jamoasi messenjer uchun serverlarni tashimoqda, London.

 

Kim bilan va nima uchun? Sobiq xodim bilan, ishdan bo‘shatilgani uchun.

«V Kontakte»ning sobiq texnik direktori, keyinchalik Telegram’da ishlagan Anton Rozenberg Pavel va Nikolay Durovlarni shaxsiy xusumat asosida uni Telegram’dan nohaq bo‘shatishganini da'vo qilib chiqdi. Rozenberg «Telegraf» (Telegram’ning Rossiyadagi yuridik shaxsi) ni sudga berdi.

Nima bilan tugadi. Natijada Rozenberg 1,5 million rubl evaziga «Telegraf» bilan yarashuv kelishuvini tuzdi.

medium.com/@anton.rozenberg

Foto. Durov puldan yasalgan samolyotchalarni uchirmoqda. Rozenbergning so‘zlariga ko‘ra, Telegram asoschisi buni uning kabinetidan turib amalga oshirgan. Peterburg, Neva prospekti.

 

Kim bilan va nima uchun? Jarov bilan, terrorizmga ko‘mak berishda ayblangan.

2017 yilning iyunida Durov va Jarov («Roskomnadzor» rahbari) bir necha kun davomida ommaviy mubohasa uyushtirgan. Jarov Telegram asoschisini uning messenjeridan foydalanayotgan terrorchilar va jinoyatchilarga nisbatan neytral munosabatda ekanligini ta'kidlagan. Durov bunga javoban 5 mingdan ziyod ommaviy kanallar va guruhlar bloklanganini aytib o‘tgan.

Nima bilan tugadi: Natijada Durov Telegram axborot tarqatishni tashkillashtiruvchilar reyestriga kiritilishiga rozilik berdi, biroq Telegram’ning konfedentsiallik siyosati va shaxsiy hayotni himoya qilishga zid keluvchi qonun talablarini bajarmasligini ta'kidladi.

instagram.com/durov

Foto. Durov Jarov bilan sirtdan muloqot olib borayotganida uning Instagram’da joylashtirgan fotosurati.

 

Kim bilan va nima uchun? FXX bilan shifrlash kalitlari tufayli 

2017 yilning yozida FXX Telegram’dan foydalanuvchilarning yozishmalari kodini yechish uchun kalitlarni talab qiladi. Telegram vakillari bu talablarni bajarishning texnik imkoniyatlari yo‘qligini ma'lum qilishadi.

Nima bilan tugadi. 2018 yilning 13 aprelida Moskva shahrining Taganka sudi Telegram’ni to‘sish haqida hukm chiqaradi. Durov messenjer foydalanuvchilardan ko‘mak olmasdan bloklashni chetlab o‘tuvchi usullardan foydalanishini va'da qildi.

instagram.com/durov/

Foto. Pavel Durovning Instagram’ga joylagan surati. Post ostiga u Telegram foydalanuvchilarining maxfiyligini bundan keyin ham himoya qilishini bildirgan. 2018 yil 15 aprel.

Top