Maktabgacha yoshdagi farzandlari bo‘lgan ota-onalarga pedagog va ruhshunoslardan maslahatlar.

Umumiy qoidalar
Kuniga 15 daqiqadan ortiq shug‘ullantirmang
Yozuv – qo‘llarning mutanosiblikdagi harakati, rivojlangan ko‘rish xotirasi, diqqat va o‘tirib ishlashni talab etadigan murakkab ko‘nikma. Maktab yoshidagi bola uchun uni darhol o‘zlashtirish mushkul. Shuning uchun bir qoidaga rioya qiling: biroz yozamiz – dam olamiz. Zo‘riqishni oshirib yuborish bola organizmi rivojlanishiga qattiq ta'sir qiladi.
Shoshirmang
Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, bolalar o‘qishni bilish bilmasligidan qat'i-nazar, uch yoshidan boshlab so‘zlar va rasmlar o‘rtasidagi farqni ko‘ra boshlaydi. Biroq bola bunday erta yoshda yozishga tayyor bo‘lmaydi: ularning miyasi kerakli ko‘nikmalarni 5-7 yoshga kelib shakllantiradi.
Yozishga tayyorlikni quyidagicha tekshirish mumkin:
- Bolaga bir varaq qog‘oz berib, biror narsa chizishni taklif qiling.
- Rasmning bir qismini bo‘yashni so‘rang.
- Agar bola qog‘ozni doimiy ravishda aylantirib, chiziqlar yo‘nalishini bazo‘r o‘zgartirsa, demak, u harflarni yozishga hali tayyor emas.

Majburlamang
Agar bola harflarni o‘rganishni istamasa, uni majburlamang. Yaxshisi kichik motorika va xotirani rivojlantiradigan mashqlar bilan shug‘ullaning.
Bo‘lajak birinchi sinf o‘quvchisiga “yozishni bilish” rasmiy talabi mavjud emas. 5-7 yoshda maktabda yozish uchun qo‘lni tayyorlab borishga e'tibor berish kerak.
Marina Suzdaleva, ruhshunos, erta rivojlantirish pedagogi, ota-onalar uchun kitob muallifi, onalar uchun klub asoschisi
Ma'lumotni o‘yin tariqasida yetkazing
Mashg‘ulotlarni - majburiyatga, o‘zingizni esa jiddiy o‘qituvchiga aylantirmang. Maktabgacha yoshdagi bolaning o‘qib-o‘rganishi qiziq o‘yinni yodga solishi lozim.






