2026-yilning yanvar-iyun oylarida Özbekistonda ta’lim sohasidagi xizmatlar hajmi 23,8 trln sömni taşkil etdi. Bu körsatkiç 2025-yilning mos davriga nisbatan 22,7 foizga oşgan.

Milliy statistika qömitasi ma’lumotiga köra, ta’lim xizmatlari tarkibida oliy ta’lim sohasidagi xizmatlar eng yuqori uluşga ega bölib, jami ta’lim xizmatlarining 42,4 foizini taşkil etdi.

Hududlar kesimida ta’lim xizmatlari hajmi:

  • Toşkent şahri - 12,7 trln söm (bozorning 53 foizi);

  • Samarqand viloyati - 1,5 trln söm;

  • Farğona viloyati - 1,5 trln söm;

  • Andijon viloyati - 1,2 trln söm;

  • Toşkent viloyati - 1,1 trln söm;

  • Namangan viloyati - 1,1 trln söm;

  • Buxoro viloyati - 1 trln söm;

  • Qaşqadaryo viloyati - 877,7 mlrd söm;

  • Qoraqalpoğiston Respublikasi - 691,3 mlrd söm;

  • Xorazm viloyati - 602,5 mlrd söm;

  • Surxondaryo viloyati - 577,8 mlrd söm;

  • Navoiy viloyati - 373,6 mlrd söm;

  • Jizzax viloyati - 323,9 mlrd söm;

  • Sirdaryo viloyati - 243,6 mlrd söm.

Avvalroq Toşkentda xalqaro universitetlar şaharçasi taşkil etilişi xabar qilingandi.