15:40 / 11.05.2020
31008

Qurilishga ajratilgan 75 mlrd so‘m budjet mablag‘i talon-toroj qilingan – Bosh prokuror

O‘zbekiston Bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev Oliy Majlis Senatining to‘rtinchi yalpi majlisida respublikadagi turli sohalarda kuzatilgan talon-toroj holatlari bo‘yicha axborot berdi.

Foto: senat.uz

Unga ko‘ra, qurilishga ajratilgan budjet mablag‘laridan maqsadli foydalanish bo‘yicha o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida 75 mlrd so‘m talon-toroj qilingani aniqlangan. Natijada 300 nafar aybdor shaxs jazoga tortilgan.

«Investitsiya dasturiga kiritilgan 1379ta qurilish loyihasi qayta ekspertizadan o‘tkazilib, 1 trln so‘m budjet mablag‘i iqtisod qilinishi ta'minlandi», – deya Bosh prokurorning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Ma'lum qilinishicha, budjet muassasalarida homiladorlik va tug‘ish nafaqalari ajratishda ham ko‘plab qonunbuzarliklar aniqlangan.

«Respublikadagi 1275ta muassasada homiladorlik va tug‘ish nafaqalari uchun ajratilgan budjet mablag‘ining 3 mlrd so‘mdan ortig‘i talon-toroj qilingan. Zararni undirish va aybdorlarni jazolash bo‘yicha choralar ko‘rildi.

Shuningdek, nazorat tadbirlari davomida respublika bo‘yicha 300 nafardan ziyod voyaga yetmaganlar uchun javobgar shaxslarning yo‘qligi ma'lum bo‘ldi, ularga vasiy va homiy tayinlash bo‘yicha kerakli choralar ko‘rildi», dedi Nig‘matilla Yo‘ldoshev.

Top