Buxoro viloyatining Olot va Qoraköl tumanlariga yopirilgan tabiiy ofat, Sirdaryo viloyatidagi «Sardoba» suv omborida röy bergan texnogen hodisa quriliş sohasidagi korrupsiya va sifat darajasi qandayligini yana bir bor namoyiş etdi.
Mavzu dolzarbligidan kelib çiqib, Kun.uz muxbiri sifatsiz qurilişlarga qaçon barham berilişi, quriliş sohasida tender savdolari qanday ötkazilişiga yana bir bor oydinlik kiritiş maqsadida Quriliş vazirining birinçi örinbosari Şerzod Hidoyatov bilan onlayn muloqot qildi.
Quriliş pudratçilarini viloyat rahbarlari belgilab kelgan
– Prezident quriliş muammolariga bağişlangan yiğilişlardan birida tenderlarni elektron tizimga ötkaziş, ilğor davlatlardagi kabi quriliş kompaniyalarining reyting tizimini işlab çiqiş va şu asosda tender ötkaziş böyiça topşiriq bergandi.
Bundan avval, 2 yil mobaynida, tender ötkazilmasdan, viloyat rahbarlari, ya'ni buyurtmaçilar tomonidan pudratçi taşkilotlar belgilangan.
Öşa yiğilişda davlat rahbari quriliş sohasida tendersiz iş olib borilmasligini, aksinça faqat tender orqali iş yuritilişini aytgan. Şundan söng, barça budjet quriliş obektlari tenderga ötkazilgan. Loyihalar tejaş, sifat va boşqa jihatlari yuzasidan qaytadan ekspertizadan ötkazilib, tenderga qöyilgan.
2020 yil avgustida tender portali işga tuşadi

– Bu yil 100 foiz raqamli tender portalini yaratiş ustida işlar olib borilmoqda. U avgust oyida işga tuşadi.
2021 yilgi ijtimoiy quriliş loyihalari keyingi yil boşiga uşbu portal orqali tenderga qöyiladi.
Pudratçini tanlaşda reyting inobatga olinadi
– Portalni işlab çiqişda, Turkiya, Rossiya va Xitoy tajribasi örganildi. Ularda pudrat taşkilotini tanlaşda pudratçining işlari böyiça qöygan narx-navolardan taşqari, uning reytingi ham inobatga olinadi.
Ya'ni qanday işlar bajargan, qança işçisi bor, ularning neça nafari sertifikatlangan mutaxassislar ekani, qança texnikasi borligi va bajargan işlarining sifati kabi tamoyillar asosida pudratçi tanlanadi.









