«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» ISO 9001 xalqaro standartining sifat menejmenti sertifikatiga ega bo‘ldi

Joriy yilning 23 fevral kuni «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatida ISO 9001 xalqaro standarti sifat sertifikatini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda «Cert International» xalqaro sertifikatlash organi vakili Riod Ibrohimov, jamiyat boshqaruvi raisi Dadajon Isaqulov, boshqaruv raisi o‘rinbosarlari hamda «Cert academy» xalqaro trening kompaniyasi bilan tashkil etilgan o‘quv seminarida ishtirok etgan «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari»ning 15 nafar mutaxassisi ishtirok etdi.
Xalqaro sertifikatlash tashkiloti vakili Riod Ibrohimov sertifikatni jamiyat boshqaruvi raisiga topshirar ekan, energetika sohasi, xususan, elektr energetika tarmog‘ida strategik ahamiyatga ega muhim vazifalarni bajarib kelayotgan «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari»ning kelgusi ishlariga muvaffaqiyat tiladi.
ISO 9001 xalqaro standarti bo‘yicha «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari»ning sifat ko‘rsatkichlari doirasiga O‘zbekistonning magistral elektr tarmoqlarini ekspluatatsiya qilish va ularni rivojlantirishni boshqarish, magistral elektr tarmoqlari orqali elektr energiyasi yetkazib berish hamda davlatlararo tranzitni amalga oshirish kiradi.
Eslatib o‘tamiz, ISO 9001 sifat menejmenti jamiyat faoliyatining xalqaro maydondagi ishonchli hamkor ekanini anglatuvchi belgi hisoblanadi.
Xalqaro ISO ctandartlarini qo‘llashning ahamiyati va afzalliklari O‘zbekiston elektr energetika tarmog‘i rivojida, xususan «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining samarali faoliyatida o‘z ijobiy natijalarini ko‘rsatadi.
«O‘zbekiston MET» AJ axborot xizmati
Tavsiya etamiz
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘m 2 haftada 2 foizga mustahkamlandi. Qanday qilib?
Iqtisodiyot | 18:57 / 10.06.2025
Iyunda ob-havo nisbatan salqin bo‘lishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 16:47 / 10.06.2025
O‘zbekiston Mobiuz kompaniyasini xalqaro sotuvga qo‘ydi
O‘zbekiston | 23:10 / 09.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yana bojxona: o‘nlab avtomobillar egalaridan yashirin tarzda Tojikistonda g‘oyib bo‘ldi
O‘zbekiston | 20:16
-
Viloyatliklar ham Toshkentda taksichilik qila oladi - transport vaziri
O‘zbekiston | 19:48
-
Isroilning Eronga qarshi operatsiyasi 14 kun davom etishi mumkin
Jahon | 19:05
-
«Tuxum barak» taomi geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi
O‘zbekiston | 19:03