Milliy statistika qömitasi maʼlumotlariga köra, umumiy örta taʼlim taşkilotlaridagi öqituvçilar soni 2024-2025 öquv yiliga nisbatan 12,8 ming nafarga yoki 2,3 foizga oşgan. Hisob-kitobga örindoşlik asosida işlaydigan öqituvçilar kiritilmagan.

Öqituvçilarning 418,8 ming nafari ayollar, 158,9 ming nafari erkaklardir. Ularning jami öqituvçilar sonidagi uluşi mos ravişda 72,5 va 27,5 foizni taşkil etgan.

Hududlar orasida Samarqand va Qaşqadaryo viloyatlari yetakçi - har ikkisida 65,1 ming nafardan öqituvçi işlagan. Keyingi örinda 60,6 ming nafar öqituvçi bilan Farğona viloyati qayd etilgan.

Hududlar kesimida öqituvçilar soni:

Samarqand viloyati - 65,1 ming nafar;

Qaşqadaryo viloyati - 65,1 ming nafar;

Farğona viloyati - 60,6 ming nafar;

Surxondaryo viloyati - 52,3 ming nafar;

Andijon viloyati - 46,3 ming nafar;

Namangan viloyati - 42,6 ming nafar;

Qoraqalpoğiston Respublikasi - 40,7 ming nafar;

Toşkent viloyati - 40,2 ming nafar;

Xorazm viloyati - 35,1 ming nafar;

Toşkent şahri - 34,1 ming nafar;

Buxoro viloyati - 33,4 ming nafar;

Jizzax viloyati - 25,7 ming nafar;

Navoiy viloyati - 22,3 ming nafar;

Sirdaryo viloyati - 14,2 ming nafar.

Maʼlumotlar 1-oktabr - Öqituvçi va murabbiylar kuni munosabati bilan eʼlon qilingan.