Kişining kulgisi qistaydi, Xalq ta’limi vazirligi “aksilxalqona” qarorlar e’lon qilib, söngra e’tirozlar kuçayavergaç “tuflagan tupugini qaytib oliş” borasida 2022 yilda sovrindor örinlardan birini egallaşga kirişgan, şekilli.

Avval 2025 öquv yiligaça keçiktirilgan öquvçilar uçun yagona maktab formalari 2022/23 öquv yilidan boşlab majburiy bölişi töğrisida hukumat qarori e’lon qilindi. Boşida bu qarorni qöllab-quvvatlab, formalarning katta qismi tikilayotgan Namanganga jurnalistlar uçun press-tur uyuştirgan vazirlik, köp ötmay, majburiyat yana ortga surilganini e’lon qildi.

Söngra 15 yillik mehnat stajiga ega va şu yil bahorda attestatsiyaga jalb etilmagan oliy toifali öqituvçilar eng quyi toifaga tuşib qolayotgani şov-şuv böldi. XTV yana munosabat bildirib, bunday öqituvçilarning toifasi umrbod oliy bölib qolişini bildirdi.

Keling, maktab darsliklari masalasiga qaytaylik.

2022/23 öquv yili uçun darsliklar ijara narxlari ikki-uç barobarga oşirilgan. Ijara narxlarini öqib ota-onalar ham, öqituvçilar ham hayron. Vazirlik bu masalani tuşuntira turib, darsliklar uçun ijara narxlari Moliya vazirligi tomonidan belgilanganini aytdi.

Ammo, ijtimoiy tarmoqda tarqalgan hujjat – xalq ta’limi vaziri örinbosari U.Şarifxodjayev imzolagan xat nusxasiga köra, darsliklarning ijara tölovi miqdori Respublika maqsadli kitob jamğarmasi vasiylik kengaşining 2022 yil 31 avgustdagi 37-09-08/75-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan.

XTV axborot xizmati rahbari Laylo Rustamova xatning vazirlikka tegişli ekanini inkor qolmagan holda, Vasiylik kengaşi bayonnomasi nusxasini beriş haqidagi sörovimizni javobsiz qoldirdi.

XTVdan olingan ma’lumotga köra, yangi öquv yilida Özbekistondagi 10 130 ta maktabda 6,6 mln öquvçi ta’lim oladi. 1-sinflarga 700 ming öquvçi qabul qilingan.

Prezidentning “2022–2026 yillarda xalq ta’limini rivojlantiriş böyiça milliy dasturni tasdiqlaş töğrisida”gi