Ijtimoiy tarmoqlarda Marğilon şahridagi 16 va 24-son maktabgaça ta’lim taşkilotlarida bolalar ovqatdan zaharlangani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Farğona viloyati prokuraturasi munosabat bildirdi.
Aniqlanişiça, 14 sentabrdan 15 sentabrga ötar keçasi Marğilon şahri tibbiyot birlaşmasiga şahardagi 16-sonli maktabgaça ta’lim taşkilotining 12 nafar hamda 24-sonli maktabgaça ta’lim taşkilotining 5 nafar tarbiyalanuvçisi alimentar diareya (nomutanosib ovqatlaniş oqibatida ovqat hazm qiliş tizimining buzilişi) birlamçi taşxisi bilan yotqizilgan.
Bemorlarning holati qoniqarli bölgani tufayli 17 sentabr kuni şifoxonadan çiqarilgan. Mazkur holat yuzasidan hozirda şahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekşiruv ötkazilmoqda, ekspertiza tekşiruvi uçun tegişli namunalar olinib, sud-tibbiy ekspertizalari tayinlangan.











