Respublika hududining katta qismida yoğingarçilik kutilmaydi, faqat 6 fevralda respublika janubida, 7 fevralda Farğona vodiysi viloyatlarida biroz yomğir yoğişi mumkin. Havo harorati 6 fevralda +7...+12 daraja iliq, 7 fevral kuni +10...+15 daraja iliq, ba’zi joylarda +18 daraja issiqqaça böladi.

“Özgidromet” xabariga köra, 8 fevral kuni Özbekiston hududiga Örta Yer dengizi hududlaridan nam havo kirib kelişi kutilmoqda. Respublika böyiça ba’zi joylarda yomğir yoğadi, ayrim joylarda momaqaldiroq bölişi mumkin. Farğona vodiysi viloyatlarida yoğingarçilik kutilmaydi.

Havo harorati keçasi +2...+7 daraja iliq, kunduzi +10...+15 daraja iliq atrofida, ba’zi joylarda +17...+20 daraja iliqqaça böladi.

9-10 fevral kuni Özbekiston hududiga markazi Rossiyaning Yevropa qismi ustida şakllangan sovuq antitsiklon qismi kirib keladi.

Respublika böyiça vaqti-vaqti bilan yoğingarçilik (yomğir qorga aylanadi) böladi. Toğoldi va toğli hududlarda kuçli yoğingarçilik bölişi mumkin.

Havo harorati pasayadi. 9 fevral kuni respublika hududining katta qismida keçasi va kunduzi +4...+9 daraja iliq, 10 fevral kuni keçasi 0...+5 daraja sovuq, kunduzi –2...+3 daraja iliq böladi. Respublika şimolida harorat keçasi –7...–12 daraja sovuqqaça, Ustyurtda –15 daraja sovuqqaça, kunduzi –2...–7 daraja sovuqqaça pasayadi.

7-9 fevral kunlari respublika böyiça ba’zi joylarda şamol tezligi 17–22 m/s gaça kuçayişi kutilmoqda.