Dam oliş kunlari Özbekiston hududining katta qismida quruq va iliq ob-havo saqlanib turadi, faqat Qoraqalpoğiston Respublikasi va Xorazm viloyatining ayrim joylarida yomğir yoğişi mumkin.
Juma kunduzi esa havo asosan yoğingarçiliksiz böladi, faqat şimoliy hududlarda va kunning ikkinçi yarmida Toşkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qaşqadaryo, Surxondaryo viloyatlarining baʼzi joylarida yomğir yoğişi mumkin.
Harorat 6−8-noyabr kunlari asosan +14…+17 darajani taşkil etadi, kunduz kunlari esa havo +25…+27 daraja, janubiy hududlarda +30 darajagaça isiydi.
Şamol şarqdan 7−12 metr/soniya tezlikda esadi, 6 va 8-noyabr kunlari baʼzi joylarda 13−8 metr/soniyagaça kuçayişi, ayrim joylarda çang-tözonlar bilan kuzatilişi mumikn.
Özbekistonning toğoldi va toğli hududlarida baʼzi joylarda yomğir yoğadi, 6-noyabrda ayrim joylarda kuçli böladi, baland toğlarda qorga aylanişi mumkin.
Toşkent şahrida 6-noyabrda keçqurun yomğir yoğişi mumkin, 7−8-noyabrda yoğingarçilik kutilmaydi. Şamol şarqdan 3−8 metr/soniya tezlikda esadi.
Havo harorati keçalari +13…+15, kunduz kunlari +24…+27 daraja atrofida böladi.











