20 Oktabr

Jizzax viloyati Baxmal tumanida Nexia yo‘lning belgilanmagan joyidan kesib o‘tayotgan o‘quvchini urib yuborgan.

18 Oktabr

Jizzax shahrida voyaga yetmagan o‘smir mashina boshqarib yo‘l-transport hodisasini sodir etdi. Oqibatda og‘ir tan jarohatlari olib shifoxonaga yotqizildi.

13 Oktabr

Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida chorva mollarining ichki a'zolaridan iste'molga yaroqsiz go‘sht mahsulotlarini tayyorlab Toshkentga jo‘natib yurgan shaxslarga chora ko‘rilgan.

Jizzax viloyatining Zomin hamda Mirzacho‘l tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisalari oqibatida ikki kishi vafot etdi. Ulardan biri 6 yoshli bola bo‘lgan. Bu haqda Jizzax viloyati IIBning «102/365» xabarlar dasturida ma'lum qilindi.

11 Oktabr

Jizzax viloyati soliq boshqarmasi tomonidan “Fayz” XK (nomi o‘zgartirilgan) “Fayz” XKga 829,5 million so‘mdan ortiq soliq hisoblangan.

Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida qoraqalpog‘istonlik haydovchi boshqaruvidagi Cobalt mashinasi avtobusning orqasidan borib urgan. Oqibatda ikki kishi vafot etgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.

8 Oktabr

Ergash Soliyev qurilish bo‘yicha o‘rinbosari Bahrom Nazarovga hayfsan berdi. Nazarov “Obod qishloq”, “Obod mahalla” hamda boshqa dasturlar doirasidagi qurilishlarda mas'uliyatsizlik qilgani uchun jazolandi.

7 Oktabr

Jizzax viloyatida magistraturaga o‘qishga kiritib qo‘yishini aytib fuqarodan 2 300 AQSh dollari olayotgan shaxs qo‘lga olingan.

5 Oktabr

Bugun kunduz kuni Qoraqalpog‘istonda va Xorazm viloyatida, Toshkent viloyatida kechga tomon ba'zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shimolda va cho‘l hududlarida shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 17-22 daraja iliq bo‘ladi; shimolda 9-14 daraja iliqqacha pasayadi. 

29 Sentabr

Jizzax viloyati Paxtakor tumanida ikkita yuk mashinasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. Oqibatda yuk mashinalaridan birining haydovchisi, Qashqadaryo viloyatida yashovchi shaxs vafot etgan.

28 Sentabr

Jizzax viloyati Paxtakor tumanida aholi xonadonlari joylashgan ikki qavatli uyning tomi yonib ketgan. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Jizzax viloyatida 27 sentabr kuni ikkita yong‘in sodir bo‘lgan. Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmatining xabar berishicha, har ikkala yong‘in qisqa tutashuv natijasida ro‘y bergan va ularda hech kim jarohatlanmagan. Yong‘inlar avj olmasidan bartaraf etilgan.

Ko`proq yangiliklar
Top