Jizzax viloyati Paxtakor tumanida ikkita yuk maşinasi iştirokida yöl-transport hodisasi sodir bölgan. Oqibatda yuk maşinalaridan birining haydovçisi, Qaşqadaryo viloyatida yaşovçi şaxs vafot etgan.

Jizzax viloyati IIB YHXB axborot xizmatining ma'lum qilişiça, joriy yil 20 sentabr kuni 00:55larda M39 Almati-Toşkent-Termiz xalqaro avtomobil yölining Jizzax viloyati Paxtakor tumani hududidan ötgan 950-kilometrida odam ölimi bilan boğliq yöl-transport hodisasi sodir bölgan.

Jizzax şahrida yaşovçi 1972 yilda tuğilgan haydovçi «Kamaz-5410» yuk maşinasi bilan Jizzax-Toşkent yönalişida ketayotib, yölning belgilangan qismidan qayrilib olayotganda Toşkent-Termiz yönalişida harakatlanayotgan «Hyundai» yuk maşinasi unga kelib urilgan.

Oqibatda, «Hyundai» yuk maşinasi haydovçisi, Qarşi şahrida yaşovçi 1996 yilda tuğilgan fuqaro oğir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan.

Dastlabki suriştiruvda aniqlanişiça, «Hyundai» yuk maşinasi haydovçisi çarçoq alomatlari bilan rul boşqaruviga ötirgan. U «Kamaz-5410»ning qayrilib olayotganini sezmagan va unga borib urilgan.