Jizzax viloyatida 27 sentabr kuni ikkita yonğin sodir bölgan. Viloyat Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi axborot xizmatining xabar berişiça, har ikkala yonğin qisqa tutaşuv natijasida röy bergan va ularda heç kim jarohatlanmagan. Yonğinlar avj olmasidan bartaraf etilgan.
Ma'lum qilinişiça, joriy yil 27 sentabr kuni soat 3:37larda Jizzax viloyati FVBga Jizzax şahar «Jizzaxlik» MFYda joylaşgan oşxonada yonğin sodir bölayotgani töğrisida xabar tuşgan.
Yonğin-qutqaruv bölinmalari yonğin joyiga yetib borganida oşxona binosining içki va tom-şift qismida 80 metr kvadrat maydon tutab yonayotgani ma'lum bölgan. Körilgan tezkor çoralar natijasida yonğin soat 5:15da töliq bartaraf etilgan. Dastlabki suriştiruvda aniqlanişiça, mazkur yonğinga elektr simlaridagi qisqa tutaşuv sabab bölgan.

Bundan taşqari, 27 sentabr kuni soat 11:23larda Ğallaorol tumani «Kökgumbaz» MFYda joylaşgan xonadonlarning birida yonğin sodir bölayotgani töğrisida ma'lumot kelib tuşgan. Tuman FVBning yonğin-qutqaruv bölinmasi aytilgan manzilga yetib borganida 300 dona presslangan somon yonayotgani ma'lum bölgan.

Qutqaruvçilarning tezkor harakatlari natijasida yonğin qisqa fursatda bartaraf etilgan. Suriştiruvda mazkur yonğinga ham elektr simlaridagi qisqa tutaşuv sabab bölgani ma'lum bölgan. Mazkur yonğin oqibatida körilgan moddiy zarar miqdori 3 million sömni taşkil etgan.
Qayd etilişiça, har ikkala yonğinda ham heç kim tan jarohati olmagan va halok bölmagan.












