Jizzaxda aholi xonadonlari joylashgan ikki qavatli uyning tomi yonib ketdi

Jizzax viloyati Paxtakor tumanida aholi xonadonlari joylashgan ikki qavatli uyning tomi yonib ketgan. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, bugun, 28 sentyabr kuni soat 10:20larda Jizzax viloyati FVB tezkor boshqaruv markaziga Paxtakor tumani “Paxtakor” QFYda joylashgan ikki qavatli uyning tom qismida kuchli yong‘in sodir bo‘lgani to‘g‘risida ma'lumot kelib tushgan.
Hodisa joyiga darhol 4 ta yong‘in bo‘linmasi hamda 26 nafar shaxsiy tarkib chiqarilgan. Qutqaruvchilar tomonidan 4 ta xonadonda evakuatsiya ishlari tashkil etilib, yong‘inni bartaraf etish ishlari olib borilgan.
Qayd etilishicha, qisqa muddatda yong‘in to‘liq bartaraf etilib, yong‘indan keyingi ishlar amalga oshirilmoqda. Mazkur hodisada hech kim jabrlanmagan va halok bo‘lmagan. Yong‘in oqibatida ikki qavatli uyning tom qismi yonib ketgan. Bundan tashqari, bir nechta xonadon zarar ko‘rgan. Hozirda, yong‘in sabablari va ko‘rilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Jizzax viloyatida 27 sentabr kuni ikkita yong‘in yuz bergan. Yong‘inlardan biri oshxonada kelib chiqqan, ikkinchisida toylangan somon yonib ketgan.
Tavsiya etamiz
Putin Rossiya Odessaga da’vo qilmasligi shartini aytgan – «Kommersant»
Jahon | 22:26 / 19.03.2025
Qozog‘istonda amaldorlar qamoqxonalarga ekskursiyaga olib borilmoqda
Jahon | 18:16 / 19.03.2025
Tramp: «Ukrainaga bosim o‘tkazishga majbur bo‘lgandik»
Jahon | 20:53 / 18.03.2025
Temu O‘zbekistonda yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tdi
O‘zbekiston | 20:25 / 18.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonlik hamshiralar AQShga ishlash uchun yuborilishi mumkin
O‘zbekiston | 08:33
-
“Tashabbusli budjet”ning 2025 yilgi 1-mavsum g‘olib loyihalari e’lon qilindi
O‘zbekiston | 08:10
-
YeI AQSh tovarlariga javob bojlari joriy etishni aprel o‘rtalariga qoldirdi
Jahon | 00:51
-
Erdo‘g‘an muxolifatni Istanbul merining hibsga olinishini siyosiylashtirishda aybladi
Jahon | 00:19
Mavzuga oid

23:42 / 19.03.2025
Andijonda «Zil» yuk mashinasi yonib ketdi

13:02 / 19.03.2025
Abu-Saxiy bozorida yong‘in chiqqani rad qilindi

15:37 / 16.03.2025
Shimoliy Makedoniyadagi tungi klubda yuz bergan yong‘in oqibatida kamida 50 kishi halok bo‘ldi

00:17 / 13.03.2025