Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
21 oktabr tongining eng muhim va qiziqarli voqealari
Foto: Kun.uz
20 oktabr tuni va 21 oktabr tongida sodir bo‘lgan eng muhim va qiziqarli xabarlarning eng saralari Kun.uz dayjestida.
Meksika sudi narkobaron Gusmanni AQShga topshirishni ma'qulladi
Foto: tcf.org
21 oktabrga o‘tar kechasi Mexiko okrug sudi El Chapo (Pakana) laqabli narkobaron Xoakin Gusman Loerani uning advokatlari e'tirozlariga qaramasdan, AQShga topshirishni tasdiqlagani ma'lum bo‘ldi.
>>> Batafsil.
Olland Brexit bo‘yicha «qattiq» muzokaralar bilan tahdid qildi
Foto: Frederic Legrand - COMEO / Shutterstock
Fransiya prezidenti Fransua Olland Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Meyni ogohlantirib, YeI Brexit bo‘yicha muzokaralarda jiddiy pozitsiyasini egallashini ta'kidlagan.
>>> Batafsil.
AQShda 1989 yilgi jinoyat fosh etildi
Foto: kshb.com
AQShning Missuri shtatida 28 yildan keyin jasadi topilgan qizning qotilligi bo‘yicha ayblov e'lon qilindi.
>>> Batafsil.
Hongkongga yaqilashayotgan dahshatli to‘fon sababli davlat muassasalari yopildi
Foto: Sam Tsang
O‘n ballik xafv darajasidan 8 ball deb belgilangan kuchli dengiz to‘foni Hongkongga yaqinlashmoqda.
>>> Batafsil.
Suriya harbiylari Turkiya harbiy samolyotlarini urib tushirishdan ogohlantirdilar
Foto:szaopressa.com
Suriyalik harbiylar Turkiya harbiy-havo kuchlarining Suriya havo hududini buzadigan barcha samolyotlarini urib tushirishlarini aytdilar.
>>> Batafsil.
WikiLeaks Obamaning maktublari va elektron manzillarini oshkor qildi
Foto: CHROMORANGE/Bilderbox/globallookpress
WikiLeaks Xillari Klintonning yaqin safdoshi Jon Podestaning elektron pochta orqali AQSh prezidenti Barak Obama bilan yozishmalarini chop etdi. Shu tariqa 2008 yildagi 7 ta maktub oshkor qilingan.
>>> Batafsil.
Tramp AQSh prezidenti saylovlari natijalarini bir shart bilangina tan olishga va'da berdi
Foto: © AP
AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Donald Tramp AQSh prezidenti saylovlari natijalarini bir shart bilangina tan olishga va'da berdi.
>>> Batafsil.
Quvnoq masxarabozlar qo‘rqinchli masxarabozlarga qarshi chiqdilar
Foto: © AFP
Lotin Amerikasining bir necha yuz professional masxarabozlari butun dunyo bo‘ylab masxaraboz kiyimida odamlarga hujum qilish ommalashganini qoralab chiqdilar va bu artistlarning imijiga ziyon yetkazishini aytdilar.
>>> Batafsil.
Eminem Trampga qarshi ashula yozdi
Foto: rollingstone.com
Amerikalik mashhur rep ijrochi Eminem yangi trekida AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Donald Trampga qarshi fikrlar bildirdi, deb xabar bermoqda Rolling Stone.
>>> Batafsil.
Eng jiddiy himoyalangan messenjerlar nomi ma'lum qilindi
Foto: © AFP
Mustaqil huquqni himoya qilish tashkiloti Amnesty International Facebook kompaniyasi messenjer xizmatlarining himoyalanganligini yuqori baholadi.
>>> Batafsil.
Yevropa Ligasi. I guruhi. "Krasnodar" o‘z maydonida "Shalke"ga mag‘lub bo‘ldi, "Nitstsa"dan esa g‘alaba

Yevropa Ligasining 3-tur uchrashuvlari davom etmoqda. "Krasnodar" jamoasi mazkur turda o‘z maydonida "Shalke"ga qarshi maydonga tushdi.
>>> Batafsil.
Yevropa Ligasi. "Shaxtyor" uyda "Gent" darvozasiga javobsiz beshta gol urdi, "Inter" esa "Sauthempton"ni mag‘lub qildi va boshqa natijalar

Yevropa Ligasining 3-turidan o‘rin olgan bir nechta uchrashuvlar poyoniga yetdi. "Shaxtyor" jamoasi uyda "Gent"ni qabul qildi. Mazkur o‘yinda mezbonlar raqiblaridan ustunliklarini namoyish qildi hamda 5:0 hisobida g‘alaba qozondi.
>>> Batafsil.
Mavzuga oid
14:01 / 04.01.2025
Isroilning G‘azoga aviazarbasi, Suriyaga tashrif buyurgan yevropalik vazirlar va Antalyaning rekordi - kun dayjesti
23:48 / 11.09.2024
11 sentabrning asosiy yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
21:05 / 06.04.2020
Shifoxonaga tushgan Jonson, qirolichaning murojaati, neft bo‘yicha kelisha olmayotgan Rossiya va Saudiya hamda kunning boshqa xabarlari
22:31 / 04.04.2020