08:49 / 04.12.2016
22458

4 dekabr tongining eng muhim va qiziqarli voqealari

Foto:kun.uz

3 dekabr tuni va 4 dekabr tongida sodir bo‘lgan eng muhim va qiziqarli xabarlarning eng saralari Kun.uz dayjestida.

Bugun saylov: Saylovchilarga 10ta eslatma

Foto: O‘zA

 

2016 yil 4 dekabr, yakshanba kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi kuni.

>>> Batafsil 

O‘zbekistonda saylov uchastkalari ochilib, prezident saylovida ovoz berish boshlandi

Foto: O‘zA

Bugun, 2016 yil 4 dekabr Toshkent vaqti bilan soat 06:00 da O‘zbekiston Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 14 saylov okrugidagi 9 ming 383 saylov uchastkasi ochildi.

>>> Batafsil 

Xorijdagi o‘zbekistonliklar Prezident saylovida ovoz berishni boshladi

Foto: Uz24

O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi vakolatxonalari huzuridagi saylov uchastkalari birinchilardan bo‘lib ochildi.

>>> Batafsil 

Afrika va Yevropani bog‘lovchi gaz quvuri barpo etiladi

Foto: Reuters

Nigeriya va Marokash ikki davlatni bog‘lovchi gaz quvuri qurish haqidagi kelishuvni imzoladi. Bu gaz quvuri Afrikaning bir nechta davlatlariga kelajakda Yevropaga gaz yetkazib berishga imkon beradi.

>>> Batafsil 

Kubada Fidel Kastro nomini abadiylashtirish taqiqlandi

Kuba inqilobi yetakchisi Fidel Kastro mamlakatdagi ko‘chalar va maydonlarga o‘z nomini qo‘ymaslik, shuningdek o‘ziga yodgorliklar o‘rnatmaslikni vasiyat qilgan.

>>> Batafsil 

Bag‘dodda pensiya xizmati binosi oldidagi teraktda 10 kishi halok bo‘ldi

Foto: alghadpress.com

3 dekabrda Bag‘dodning pensiya departamenti binosi oldidagi portlashda 10 kishi halok bo‘ldi va yana kamida 17 kishi yaralandi.

>>> Batafsil 

Pekin Tayvanning istalgan shakldagi mustaqilligiga qarshi kurashishga qodirligini ma'lum qildi

Xitoy AQShning yangi prezidenti etib saylangan Donald Tramp Tayvan prezidenti Tsay Inven bilan suhbatlashgani sababli AQShga keskin norozilik bildirdi.

>>> Batafsil 

Klinton AQSh prezidenti etib saylanishi so‘ralgan petitsiya rekord imzo to‘pladi

Foto: Getty Images

4,6 mlndan ko‘proq odam Change.org saytida AQSh vakil saylovchilarini Xillari Klintonga ovoz berishga chaqiruvchi elektron petitsiyani imzoladi.

>>> Batafsil 

2016 yil noyabri Rossiya va boshqa bir qator davlatlarda eng sovug‘i bo‘ldi

Foto: TASS

Rossiyada 2016 yil noyabri 21-asrdagi eng sovug‘i bo‘ldi. Bunday sovuq noyabr Rossiyada 2000 yildan beri kuzatilmagandi.

>>> Batafsil 

Avtomobil harakatini yerosti quvurlariga ko‘chirish taklif qilinmoqda

London PLP Architecture kompaniyasi avtopilotli avtomobillar uchun maxsus yerosti yo‘llar tizimini barpo etish g‘oyasini ilgari surmoqda.

>>> Batafsil 

Huawei innovatsion akkumulyatorni havola qildi

Xitoyning Huawei kompaniyasi Yaponiyada akkumulyatorlarga bag‘ishlangan 57-simpoziumda innovatsion batareyasini taqdim etdi.

>>> Batafsil 

Fotojamlanma: «El klasiko»ning eng yorqin lahzalari

3 dekabr kuni Madridning «Real» jamoasi futbolchilari «Barselona» maydoniga safar qilib, 1:1 hisobidagi durangga erishdi.

>>> Batafsil 

APL. «Tottenhem» «Suonsi»ga 5ta gol urdi, «Kristal Pelas»da nihoyat g‘alaba va turning boshqa natijalari

Angliya premer-ligasining 14-turidan o‘rin olgan yana beshta uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvlar gollarga boy o‘tgan e'tiborga molik.

>>> Batafsil

Top