O‘zbekiston | 17:46 / 24.09.2020
8098
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston «G‘uzor – Regar» elektr uzatish tarmog‘ini tiklash ishlarini boshladi

O‘zbekistonda 500 kV.li «G‘uzor – Regar» elektr uzatish tarmog‘ini tiklash investitsion loyihasi amalga oshirilmoqda.

Foto: Energetika vazirligi matbuot xizmati

Energetika va suv resurslari muvozanatini saqlash, iste'molchilarni elektr energiyasi bilan barqaror ta'minlash borasida Tojikiston Respublikasi bilan hamkorlikda bir qator investitsion loyihalar amalga oshirilmoqda.

Energetika vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ tomonidan «O‘zbekiston Respublikasida 500 kV.li «G‘uzor – Regar» (L-507) elektr uzatish tarmog‘ini tiklash» investitsion loyihasi amalga oshirilmoqda.

Loyiha doirasida 500 kV.li «G‘uzor – Regar» (L-507) elektr uzatish tarmog‘ining O‘zbekiston hududidagi 63 kilometr uzunlikdagi qismi qayta quriladi. Loyihaning dastlabki qiymati 25 million AQSh dollarni tashkil etadi.

Xalqaro tender tanlovlari natijalariga ko‘ra, Xitoyning Shanghai Electric Power Transmission & Distribution kompaniyasi g‘olib deb topildi va mazkur investitsion loyiha ushbu kompaniya bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.

Loyiha Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyasi bayonnomasi asosida amalga oshirilmoqda. Loyiha O‘zbekiston va Tojikiston energiya tizimlarining parallel ishlashi vaqtida elektr energiyasi ishonchliligini ta'minlashga xizmat qiladi, deyiladi xabarda. 

Mavzuga oid

E`lonlar

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti va Pukyong milliy universiteti o‘rtasidagi ilmiy va madaniy hamkorlik rivojlanmoqda

Golden House  biznes-klassdagi O‘z Makon II turar joy majmuasi taqdimotiga taklif etadi

O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi va Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti o‘rtasida hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi

Tenge Bank Visa bilan hamkorlikda bir qator innovatsion to‘lov xizmatlarini ishga tushirmoqda

FAW Trucks: O‘zbekistonda yangi davrni boshlagan yetakchi yuk mashinalari ishlab chiqaruvchisi

Fermerlar va dehqonlar uchun qulay imkoniyat – “O‘zkimyosanoat” AJ mineral o‘g‘itlarga 10 foizgacha chegirma narxlarini taklif etmoqda 