Kuçli şamol Qaşqadaryo viloyati Ğuzor tumanidagi yuqori kuçlanişli elektr uzatiş tarmoği ustunini yiqitgan. Bu haqda Energetika vazirligi xabar bermoqda.

Qayd etilişiça, bugun 2022 yil 28 yanvar kuni Qaşqadaryo viloyatida esgan kuçli şamol elektr uzatiş tarmoqlariga jiddiy zarar yetkazgan. Jumladan, yuqori kuçlanişli 110 kVli elektr uzatiş tarmoği ustunini yiqitgan.

Qayd etilişiça, hozirda maxsus brigadalar tomonidan uşbu nosozliklarni bartaraf etiş işlari olib borilmoqda.

Avvalroq bugun Qaşqadaryo viloyatida esgan kuçli şamol elektr uzatiş liniyalariga zarar yetkazmasligi uçun ular tarmoqdan uzib qöyilgani haqida xabar berilgandi.

Bundan taşqari kuçli şamol Qarşi şahridagi bozorning tomini uçirgani ma’lum qilingandi.