«AOKA rahbari Komil Allamjonov OAV va blogerlar törtinçi hokimiyatga aylanib, jamiyatga ta'sir ötkaza boryapti, deya fikr bildirgandi. Siz mana şu hokimiyatni his qilyapsizmi?» deya suhbatdoşlariga savol bilan yuzlangan Kirill Altman.
Savolga javoban, Kun.uz'ning sobiq muxbiri Alişer Rözioxunov Özbekistonda matbuot törtinçi hokimiyatga aylanmoqda, degan fikrga qöşilmasligini bildirdi. Şu bilan birga, u zamonaviy dunyoda media allaqaçon uçinçi hokimiyatga aylanib boryapti, degan fikrni ilgari suradi.
«Rivojlangan mamlakatlarda jurnalist yozgan maqola yoki blogerning blogpostidan kelib çiqib, hali sud qilinmay turib, şaxslar ustidan qaror çiqarilyapti», deydi Rözioxunov.
U misol sifatida şu yil bahorda bölgan voqea – Avstriya vitse-kansleri Xayns-Kristian Ştraxe rossiyalik ekani taxmin qilingan ayol bilan xufiyona uçraşgani haqidagi video ortidan mamlakatda muddatidan oldin parlament saylovlari ötkazilgani borasida gapirib ötdi.
Ayni paytda, Spot.uz boş muharriri Timurmalik Elmurodov Özbekistonda OAVning törtinçi hokimiyat darajasiga çiqayotganini sezayotganini aytadi.
«Haqiqatan ham, blogerlar, ommaviy axborot vositalari qandaydir masalalarni kötarib çiqişyapti va bu masalalar öz yeçimini topyapti. Agar bu muammolar kötarilmaganda, şunçaki ötib ketilgan bölardi.
Misol uçun, daraxtlarning kesilişi. Blogerlar va OAV bu haqda yozyapti, şu boisdan ham qandaydir çoralar körilyapti. Şu kabi masalalarda, ya'ni maişiy masalalarda şubhasiz [matbuotning ta'siri sezilmoqda]», – deydi Elmurodov.
Gazeta.uz muxbiri Sabina Bakayeva, Timurmalik Elmurodovning fikrlariga qöşilişini bildirar ekan, söz erkinligi borasida çeklovlar borligini sezmayotganini ham qöşimça qildi.
«Qandaydir darajada ta'sir ötkazyapmiz, menimça. Söz erkinligiga kelsak, meni nimadadir çegaralab turişganini sezayotganim yöq», – dedi Sabina Bakayeva.
Repost.uz muharriri Ali Qahhorovning fikriça, Özbekistondagi köplab ijtimoiy-siyosiy jarayonlar, jamiyatdagi evrilişlar jurnalistlar hissasi bilan röy beryapti.
«Uç yil oldin yuzaga kelgan oşkoralik natijasida biz sekin-asta maydonni kengaytirib bordik. Avvallari eng maişiy mavzularni ham, masalan kimdir kimnidir öldirib qöygani haqida gapira olmagan bölsak, hozir bu kabi yangiliklar oddiy qabul qilinadi.
Jurnalistika jamiyatning közi va quloği bölişi, jamiyatni qiziqtiradigan narsalar, nima röy berayotgani haqida gapirişi kerak. Daraxtlar kesilişi haqida hamma gapiryapti, lekin harakatlar bölmayotganini ijro hokimiyatidan söraş kerak», – deydi Qahhorov.
Repost.uz muharriri söz erkinligiga erişiş jarayoni tabiiy ravişda bosqiçma-bosqiç keçadi, degan fikrda.
«Özbekiston – söz erkinligi yöq mamlakat edi. Hozir vaziyat ança ijobiy. Lekin taraqqiy etgan jamiyatlarda körib örganganim darajadagi söz erkinligi yöq. Köplab axborotlarga kiriş imkoni yöq. Texnik jihatdan, matbuot xizmatlari faoliyatini normal yölga qöya olmayapmiz.
Söz erkinligi yoş bolakayga öxşaydi, u ulğayib boradi. Amerikada ham, boşqa jamiyatlarda ham söz erkinligi bosqiçma-bosqiç qaror topgan. 1970-1980 yillarda Italiya, Fransiyada sotsialistik partiyalarga til tekkiziş tabu bölgan. Amerikani oladigan bölsak, 1960 yillar, 1970 yillarning boşlarida – xippilar harakati, jins inqilobiga qadar irqçilik normal holat bölgan. Martin Lyuter nutq sözlaganida uning nutqini çop etgan gazetalar yopilgan. Şunday ekan, bu – mutlaq evolyutsion jarayon. Biz bugun: «Mana, endi söz erkinligi örnatildi», deya olmaymiz», – deydi u.
Alişer Rözioxunov söz erkinligi haqida gapirar ekan, Özbekistonda mazkur erkinlik hali töla ta'minlanmaganini aytadi.
«Misol uçun, uç yil içida neçta prezident qarori çiqib, neçtasi bekor qilindi? Tovuq kampaniyasi, arzon dori işlab çiqariş, qayta moliyalaş stavkasidan past arzon uy-joylar – bular muammo olib kelmadimi? Söz erkinligi bölganida, bular haqida kimdir aytardi. «Qayta moliyalaş stavkasidan past kredit bermaylik, Markaziy bank notöğri qilyapti», deb aytardi kimdir. Aytolmadi. Çunki biz maişiy, ijtimoiy mavzular bilan çeklanganmiz.
Nega konstitutsion islohot qilinmayotgani, hozirgaça Konstitutsiyada impiçment yöqligini birorta odam aytmadi? Nega aytmayapmiz, demak söz erkinligi salgina çeklangan ekan-da. Yoki hammada samosenzura bor», – deb qayd etdi Rözioxunov.
Özbekistonda töğridan-töğri gapirib bölmaydigan mavzu bormi? Ali Qahhorovning hisoblaşiça, bunday mavzular yöq emas. Ulardan biri – 1991-2016 yillar davriga batafsil baho beriş masalasidir.
«27 yil davomida biz bilan nimalar bölganini hali töliq körib çiqqanimiz yöq. – dedi Qahhorov. – Yomon edi, degan umumiy gaplarni aytyapmiz. Menimça, 27 yil mobaynida nima röy bergani haqida jiddiy öylab körişimiz kerak. Siyosiy, yuridik, iqtisodiy tomonlama baho berişimiz kerak. Karimovning harakatlariga baho bermadik.
Ehtimol, hozirgaça prezident haqida gapirib bölmaydi. Gap yaxşi-yomon deyişda emas, odamlarimizda şunday içki işonç bor – kattalarga teginib bölmaydi; bu oiladagi tarbiyaga borib taqaladi. […] Nega özim prezidentni tanqid qilmayman? Bundan nima ma'no, hatto öz yaqinlarim ham tuşunişmaydi; «Nega bunday qilding?» deyişadi».
Daryo.uz muharriri Muhrim A'zamxöjayevning fikriça, köplab mavzularni kötarib çiqişda hamon qörquv bor.
«Gapirib bölmaydigan mavzular köp. Mavzu köp degan bilan, bizda hali ham qörquv bor. Balki 2016 yilda mumkin bölmagan yuzta mavzudan 75tasi hozir mumkin bölgan bölişi mumkin. Biz qörqayotganimiz uçun hali ham bu mavzularga tegmayapmiz. Buning oqibatini bilmaymiz. Agar yozsak, bizga telefon bölmaydimi, oldimizga kimdir kelmaydimi...
Taqiqlangan mavzulardan ham oldin, bu yerda eng asosiy muammo – özimizdagi qörquv. Qörquv hali çiqib ketgani yöq. Çiqib ketmayotganiga sabab ham bor: bir xil holatlar bölyaptiki, bir minora «A» degan bölsa, ertasiga ikkinçi minora çiqib, «Yöq, A emas, B», deyapti. Biz esa tuşunmayapmiz, qaysi biri böyiça ketişimiz kerak?», – deydi A'zamxöjayev.
Ta'kidlaş joiz, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Komil Allamjonov mazkur körsatuvga munosabat bildirib, jumladan şunday degani diqqatga sazovor:
«Barçangiz ajoyib ijodkorsizlar. Haqiqat va töğri sözni aytişdan heç qaçon qörqmang».











