Rossiyadan uchirilgan RS-12M “Topol” ballistik raketasi Toshkent osmonida ko‘rinish berdi(mi?)
“22 avgustda Moskva vaqti bilan 18:13da (Toshkent vaqti bilan 20:13) Rossiyaning strategik vazifalarni bajaruvchi qo‘shinlari tomonidan Rossiyaning Astraxan viloyatida “Kapustin Yar” Davlat markaziy poligonidan RS-12M “Topol” qit'alararo ballistik raketasi sinov parvozi amalga oshirildi”, deb xabar berdi “Interfaks” axborot agentligiga Rossiya Mudofaa vazirligi vakili polkovnik Igor Yegorov.
Yegorovning aytishicha, “parvozdan maqsad qit'alararo ballistik raketalarning jangovor jihozlanishini sinovdan o‘tkazish bo‘lgan”. Raketaning jangovor qismi Qozog‘istondagi “Sari-Shag‘an” poligonidagi shartli nishonni berilgan aniqlik bilan bartaraf etdi.
Raketa uchirilgandan biroz o‘tib, taxminan soat 20.15-20.30 oralig‘ida Toshkentning ba'zi tumanlari, mamlakatimizning Qozog‘istonga yaqin hududlari aholisi osmonda noma'lum uchar jismni kuzatganlar. Nahotki, bu noma'lum uchar jism Rossiyadan uchirilgan ballistik raketa bo‘lishi mumkin, degan taxmin ham paydo bo‘lmoqda.
Hozircha ushbu holat yuzasidan tegishli muassasalar tomonidan biror-bir rasmiy izoh berilmadi.
Quyida Toshkent osmonida kuzatilgan ushbu holatning suratlari berilgan.
Tavsiya etamiz
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi bojxona urushi: kim yutadi?
Jahon | 12:46 / 17.04.2025
Yaponiyadan Italiyagacha – pulli yo‘llar haqidagi taassurotlar
Jahon | 21:50 / 16.04.2025
Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
Jamiyat | 17:05 / 16.04.2025
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda noma’lum shaxs soxta qurol bilan bankni o‘marmoqchi bo‘ldi
Jamiyat | 21:12
-
Xitoy josuslik va kiberhujumlar orqali Rossiyaning o‘nlab qurollaridan nusxa ko‘chirgan
Jahon | 21:05
-
Umummilliy birdamlik bog‘larini tashkil etish chora-tadbirlari belgilandi
O‘zbekiston | 20:46
-
Tagliklar, tish cho‘tkalari va boshqa “xavfli” tovarlarni ro‘yxatdan o‘tkazish bekor qilinadi
Iqtisodiyot | 20:45