Norvegiya Tadqiqotlar kengaşi Marine Nuclear Propulsion System - MarNuPS loyihasini moliyalaştiriş uçun mablağ ajratdi. Loyiha iştirokçilari dengiz transportiga moslaştirilgan kiçik modulli yadro reaktorlarini işlab çiqiş va amaliyotga joriy etişni maqsad qilgan.

Bunday energetik qurilmalar oçiq dengizda işlaydigan kemalarning qazilma yoqilğiga ehtiyojini bartaraf etişi mumkin. Işlab çiquvçilar reaktorlar yuqori quvvatni taʼminlaşi va kemalarning tez-tez yonilği zaxirasini töldirmasdan uzoq vaqt işlaşiga imkon berişini kutmoqda.

Dastlabki bosqiçda sinovlar Norvegiyaning Olesunn şahri yaqinidagi Stette hududida ötkaziladi. Bu yerda kema energetik qurilmasining haqiqiy ölçamdagi maketi yiğilib, uning turli qismlari birgalikda qanday işlaşi tekşiriladi.

Uşbu sinovlarda yadroviy yonilği qöllanmaydi. Muhandislar reaktor ajratişi kerak bölgan issiqlikni elektr yordamida hosil qiladi. Bu tizimning işlaş xususiyatlari va boşqaruvini yadroviy yonilği bilan boğliq radiatsiya xavfisiz baholaş imkonini beradi. Sinovlarni 2027-yilda boşlaş rejalaştirilgan.

Energetik tizimning asosini Emerald Nuclear kompaniyasi işlab çiqayotgan Gem mikroreaktori taşkil etadi. Uning elektr quvvati 5 megavatt bölişi közda tutilgan.

Reaktorda TRISO turidagi yoqilğidan foydalaniş rejalaştirilmoqda. Unda boyitilgan uran saqlovçi mayda zarraçalar bir neça qatlamli keramika va uglerod qoplamalari bilan himoyalangan.

Bu qatlamlar juda yuqori haroratga bardoş beriş va radioaktiv moddalarning taşqariga çiqiş xavfini kamaytiriş uçun möljallangan. Reaktorda hosil böladigan issiqlikni elektr energiyasiga aylantiruvçi maxsus qurilmalarni Peregrine Turbine Technologies kompaniyasi yetkazib beradi.

Loyihaning asosiy xususiyatlaridan biri - almaştiriladigan reaktor modulidir. Hozirgi rejaga köra, reaktor germetik modul içiga joylaştiriladi va bu modul har 5–15 yilda yangisiga almaştiriladi. Şu tariqa portlarda yadroviy yonilğini bevosita almaştiriş bilan boğliq murakkab operatsiyalarni ötkazişga ehtiyoj qolmasligi kutilmoqda.

Norvegiyaning Island Offshore kema egasi kompaniyasi uşbu texnologiyani dengizda birinçi bölib qöllaş niyatida. Kompaniya 2031–2032-yillarda dengizdagi neft-gaz platformalariga taʼminot yetkazuvçi kemaga işlaydigan Gem reaktorini örnatişni rejalaştirgan.

Reja amalga oşsa, bu Şimoliy dengizda işlaydigan tijorat kemalarida yadro energetikasidan foydalanişga yöl oçişi mumkin.