«Mas'ullar qoça olmaydigan huquqiy tizim kerak» - Ekspert Sardoba voqeasi haqida
|03:00 / 12.05.202057 01014 min
Nagoya iqtisodiyot universiteti professori, «Buyuk kelajak» ekspertlar kengaşi a'zosi Alişer Umirdinov Kun.uz muxbiri bilan suhbatda Sardobada röy bergan fojia sabablari va oqibatlari, aybdorlarni jazolaş mexanizmi, çiqariladigan xulosalar haqida söz yuritdi.
– Sardoba fojiasida nafaqat özbekistonliklar, balki qöşni Qozoğiston aholisi ham zarar kördi. Qöşni davlatda 30 mingga yaqin kişi evakuatsiya qilindi, mingdan ziyod uy, ekin maydonlari suv ostida qoldi. Suv toşqini oqibatlarini bartaraf etiş uçun Özbekistondan ham yordam guruhi yuborilgan. Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev töğon öpirilişi natijasida boşpanasidan mahrum bölgan qozoğistonliklarga yangi uylar qurib berilişini ma'lum qilgan.
Şu örinda özbekistonliklarni qiziqtirayotgan savol: Özbekiston Qozoğistonga tovon tölaydimi? Tölasa, buning hajmi qanday böladi? Sardoba töğon suvining Qozoğistonga oqib kirişi qanday xalqaro huquqiy oqibatlarga olib kelişi mumkin?
– Töğon öpirilib, suv Qozoğistonga ham yopirilganidan keyin qozoğistonlik yuqori mansabdagi amaldor Özbekistonga nisbatan 5ta masalaning da'vosini qildi. Birinçi örinda, bunday transçegaraviy daryolarda gidrotexnika inşootlarini qurişdan oldin Özbekiston Qozoğistondan ruxsat söraşi kerak degan masala. Ikkinçisi, qurganda ham bizga yetarli darajada ma'lumot bermagani degan masala.
Bundan taşqari, Özbekiston tomoni Qozoğistonga yetkazgan moddiy tovonni tölab beriş masalasi. Eng oxiri, yana ham nozikroq masala – bundan keyin Özbekiston Sardoba töğonini töldirmasligi, töldirsa ham suvni kamroq hajmda töldirişi lozimligi aytildi.
Xöş, endi xalqaro huquqiy asos qay darajada, deydigan bölsak, davlatlar öz hududida yuz bergan tabiiy ofat, har qanday hodisa tufayli qöşni davlatlarga ziyon yetadigan bölsa, zarar keltirgani aniqlaşadigan bölsa, xalqaro huquqiy javobgarlikni olişadi. Şuning uçun Özbekiston tomoni ham Qozoğistondagi qöşni döstlarimizga yetkazilgan zarar böyiça xalqaro huquqiy javobgarlikni olişi lozim va ma'lum darajada tovon pullari tölab berilişi kerak.
Bir narsani aytib ötişim kerakki, qozoğistonlik yuqori mansabli amaldorning Özbekiston tomoni bunday töğonlarni qurişda Qozoğiston tomonini kelişişi kerak degan masalada biroz oşirib yuborgani aniq. Çunki davlatlar qanday töğon, gidroinşoot qurişni özlari hal qilişadi.
– Töğonda hatto avariya tizimi ham mavjud bölmagani aytilmoqda. Töğondan suv sizib çiqayotganini öşa paytda öşa hududda bedana oviga çiqqan ovçilar payqab qolişgan, ular odamlarni ogohlantirişgan va şundan keyingina holat haqida Favqulodda vaziyatlar vazirligining viloyat boşqarmasiga xabar berişgan. Bu töğon qurilişida eng zaruriy avariya-qutqaruv çoralari yetarli ta'minlanmaganini körsatyapti.
– Albatta, bunga şubha yöq. Çunki biz Yaponiyada orol davlatda yaşaymiz. Yaponiya daryolarga juda ham boy. Biz çömiliş, piknikka döstlarimiz bilan daryolarga borganimizda, kuniga 3-4 marta öşa hududdagilarga xabar berişadi: ya'ni suv kelib qolgan vaqtda diqqat qilinglar degan ma'noda. Har bir joyda şunaqa ogohlantiriş tizimlari juda ham yaxşi işlaydi, yetarliça örnatilgan.
Agar bunday tizimlar örnatilmaydigan bölsa, öşa yerdagi viloyat, yoki javobgar kompaniyalar buning juda katta javobgarlikni zimmasiga olişi şart. Biz bu masalani qaytadan, tubdan körib çiqişimiz kerak. Nafaqat köllar, daryolar, balki toğlar atrofi va boşqa masalalarni ham qayta közdan keçirişimiz kerak.
– «Özgidroenergo» AJ rahbari Abduğani Sanginovning Sardoba fojiasini taftiş qiluvçi hukumat komissiyasi tarkibiga kiritilgani ayni paytda ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bölyapti. Vaholanki, jurnalist va blogerlar tomonidan oçiq ma'lumotlar asosida tayyorlangan suriştiruvlarning öziyoq uşbu şaxs şubha doirasida ekani, to nomini oqlab olmagunça komissiya tarkibiga jalb etilmasligi, şuningdek, bevosita şu tizimning rahbari bölgani uçun fojiaga oid dalillar yöq qilinişining oldini oliş uçun vaqtinça faoliyatidan çetlaştirilişi kerak emasmidi? Hozirgi holatda taftişning xolis ötkazilişiga işonç bormi?
– Betaraflik nihoyatda muhim. Xalqimizni işontiriş, javobgar taşkilotlar yetarli darajada mas'uliyatni böynilariga olayotganliklarini bildiriş uçun ham betaraflik nihoyatda muhim.
Siz aytgan holat böyiça men şaxsan taniş emasman. Faqat bu holatni körib, men öylagan narsa – Özbekistonda hali hamon sovet ittifoqidan qolgan, hali ham davom etayotgan masala bor. Xususiy mulk bilan ommaviy vakolatning bir-biriga juda ham birlaşib ketgani haliyam közga taşlanmoqda.
Ya'ni qaysi ma'noda? Ba'zi bir mansabdorlar oldingi yillardan boşlab özlarining yaqin qarindoşlariga xususiy firmalar oçib bergan holda, kerak bölsa, soliqdan qoçiş, tenderlarda yutiş, yoki ma'muriy buyruqlar çiqariş orqali monopoliyalarni tuzib oliş kabi holatlarni yuzaga çiqarib kelişgan. Bu narsa çet ellarda «conflict of interest» (manfaatlar töqnaşuvi) ham deyiladi. Ya'ni mansabdor şaxs öşa sohada, yoki sohaga aloqador sohalarda oilasi yoki özi heç qanday xususiy firma tuzmasligi kerak. Özining oilasi, öz oilasi biznesidan butkul ajrab çiqqan holda öziga yuklatilgan ommaviy vakolatlarini amalga oşirişi kerak. Bu narsa bizda hali ham bor.
Juda köp marta eşitaman: misol uçun, çet eldan xususiy firmalar kelib, öşa işni olmoqçi bölsa, oz miqdordagi pul va sifatli işni bajarmoqçi bölsa, bizdagilar, ma'lum bir taşkilotlar, hammasi ham emas, öşa pudratçiga işni bermasdan, sifatsiz va qimmatga qiladigan boşqa korxonaga beriş hollari hali ham uçramoqda. Bundan davlatimiz ham, xalqimiz ham jabr köradi.
Şuning uçun biz xususiy va ommaviy şerikçilik masalasida çiziqni, çegarani aniq tortib olişimiz kerak. Mansabdor şaxslar biznesga umuman yaqinlaşmasligi, yaqinlaşadigan bölsa ham qonun doirasida bölişi va ularning oila a'zolari orttirayotgan pullari ham jamoatçilik köz öngida turişi kerak.
Misol uçun, Xitoyda bu iş sönggi sakkiz yil mobaynida Si Tszinpin boşçiligida juda ham yaxşi amalga oşirildi. Çunki şu paytgaça faqat öşa insonning özi javobgar bölgan, lekin oilasi orttirgan mol-mulki bilan javobgarlikdan qutulib qolgan. Lekin hozirda ular javobgarlikni keng qamrovli tarzda olib borişmoqda.
Şuning uçun biz huquqiy prinsip jihatidan ommaviy xususiy şerikçilik masalasini nihoyatda aniq çizib olişimiz kerak. Bölmasa, mana bunday xunuk holatlar takrorlanaveradi. Bu narsa hali aniqlaşgani yöq, jinoiy protsedura davom etmoqda. Faqat umumiy manzara masalasida fikrimni bildirdim.
– Suhbatimiz avvalida Sardobadagi ofatda yetkazilgan zarar kim tomonidan qoplanişi haqida fikr bildiriş asnosida Fukusima fojiasiga töxtalib ötdingiz. Şu örinda öz-özidan keyingi savol yuzaga keladi. Özbekistonda tendersiz amalga oşirilgan yana bir loyiha bu – Rossiya bilan hamkorlikda qurilayotgan atom elektr stansiyasi qurilişining ham tender hujjatlarini oçiqlaş, Sardoba fojiasi bu loyihada ham yuz bermasligiga işonç hosil qiliş uçun menimça jamoatçilikka oşkor qilinişi kerak. Qaysi şartlar böyiça bu tender «Rosatom»ga işonib topşirilgan? Tomonlar nimalarga kelişişgan? Avariya sodir bölganda javobgarlikni kim böyniga oladi? Agar bu masalalar hal qilinmagan bölsa, qaytadan xalqaro tender ötkaziş kerak. Çunki jamoatçiligimiz bu masalada ikki tomonga bölinib qolgan. AES qurilişiga qarşilar ham, buni yoqlovçilar ham bor. Xudo körsatmasin, atom elektr stansiyasida Fukusimadagiga öxşaş fojia yuz beradigan bölsa, uning kölamini Sardobadagi ofat bilan qiyoslab bölmaydi, töğrimi?
– Şak-şubhasiz. Hatto şu darajada texnologiyalari bölgan Yaponiya hukumati ham ma'lum darajada dovdirab qolgan. Ya'ni keltirilgan ziyonning hajmi şu darajada kattaki, masalani qaysi tomondan hal qilişni hukumat ham bilolmay qolgan.
Natijada öşa paytdagi demokratik partiya hukumatdan ketib qolgan, hokimiyat almaşgan. Masala şu darajada muhimligidan.
Aytiş kerakki, bu safar suv masalasini tegişli taşkilotlar özanni boşqa daryolarga yoki kanallarga özgartiriş orqali bir balo qilib, holatni boşqara olişdi.
Lekin AES umuman boşqa masala. Insonning atomni böysundirişi nihoyatda qiyin. Men mutaxassis emasman, lekin şu narsani aytib ötiş kerak. Balki Sardoba fojiasi AES qurilişini yillar, bir neça yillar ortga surar. Umumiy ma'noda şuni aytişim kerakki, bu siyosiy qaror bölgan. Huquqşunos sifatida bu narsaga izoh berolmayman.
Rossiya bilan bizning alohida strategik hamkorligimiz bor. Agar «Rosatom» bilan Özbekistonda AES quriladigan bölsa, nafaqat özbekistonlik va rossiyalik mutaxassislar, balki dunyoda AESlar böyiça eng sönggi tajriba va texnologiyaga ega bölgan yaponiyalik, fransiyalik mutaxassislarning albatta iştirok etişi va töliq şaffofligini ta'minlaşlari lozim.
Şu bilan birga, alohida qonunçilik normalari tuzilişi, menimça bu masala böyiça işlar ketyapti, kadrlar tayyorlanişi, AESga boğliq ofatlar yuzaga keladigan bölsa, öşa stansiyani qurib bergan «Rosatom» yetarliça moddiy javobgarlikni olişi kerak. Moddiy javobgarlikni olmasdan bu AESning poydevorini qurmaslik, yoki oxiriga yetkazmaslik kerak.
– Prezident Şavkat Mirziyoyev «Sardoba» suv ombori töğoni xalqaro ekspertlarni jalb etgan holda qayta körib çiqilişini, çuqur ekspertizadan ötkazilişini ma'lum qildi. Bundan taşqari, Özbekistondagi barça gidroinşootlar qaytadan tekşirilişini ham ma'lum qildi. Bu albatta quvonarli hol.
Ammo meni öylantiradigan narsa bu – Özbekiston şaroitida fojialar yuz berganidan keyingina qilinişi. Biz qaçongaça fojialar yuz berişini kutamiz, degan savol tuğiladi. Bu fojiagaça qilinişi uçun Özbekistonda nimalar özgartirilişi kerak deb hisoblaysiz?
– Sönggi yillarda yurtimizdagi voqealarni diqqat bilan kuzatib boryapman. Misol uçun, köngiloçar boğlardagi texnikalar qulaşi natijasida insonlar ölimi, yoş qizlar, bolalar ölimi yuz berişi. Yoki Toşkentdagi metro qurilişidagi yoş öğlonlarning loy ostida qolişi. Va mana tört inson oqib ketişi va bir inson bedarak yöqolişi bilan qarama-qarşi turibmiz.
Birinçi örinda xalqimizning yonida turiş bilan birgalikda qöşni davlat bilan çiroyli diplomatik muloqotni yölga qöya olgani uçun hukumatimiz rahbarlari va prezidentimizni tabriklaşimiz kerak. Çunki nihoyatda yaxşi muloqot yölga qöyildi, döstlik yanada mustahkamlandi.
Ikkinçi örinda xalqimiz ma'lum darajada birdamlik, jipslikni namoyiş qildi. Hozirgaça xayriya karvonlari Sirdaryo viloyatiga tomon oqyapti. Bu nihoyatda yaxşi. Sardobadan bizning qölga kiritadigan masalalarimiz nihoyatda köp deb öylayman.
Yeçimlarga keladigan bölsak, yuqorida aytib ötganimdek, yuridik şaxslarning jinoiy javobgarlik masalasini aniqlaştirişimiz kerak. Bundan keyin mas'ullar qoça olmaydigan huquqiy tizimni barpo qilmagunimizça bu masala bölmaydi.
Tenderlarning şaffofligi, odilligi masalasini qöyişimiz kerak. Bu yerda meni bir narsa kuçli xavotirga soladi: bizda Raqobat qömitasi bor. Har 3-4 yilda nomi almaştirib kelingan, qaytadan taşkil qilingan. Şu qömita tenderlarni doim nazorat qilişi kerak. Lekin bilişimça, bu qömitaning fikrlari boşqa davlat taşkilotlari tomonidan inobatga olinmaydi. Vaholanki, bu qömita iqtisodimizning lokomotivi bölişi kerak. Qaçonki raqobat töğrisidagi qonun işlasa, tenderlar yetarliça nazorat qilinsa, odil, şaffof, soğlom raqobat bölsagina, haqiqiy, buzilmaydigan obektlarni kutişimiz mumkin.
Yana bir masala – tabiiy ofatlar biz bilamizmi yoki bilmaymizmi ba'zan qölimizdan kelmagan holda yuz berişi mumkin. Iqlim özgarayotgan paytda bu narsani kutmaslikning iloji yöq. Şunday paytda bunday holatlarda ogohlantiriş tizimi bilan tezkor texnologiya orqali insonlarga xabar beriş va ular iloji boriça kamroq talafot körişlari oldini oliş tizimini vujudga keltirişimiz kerak. Şu uç masala hozirgi kunda Sardoba fojiasidan örganadigan muhim xulosalarimizdir.