– Alişer aka, Sirdaryo viloyatining Sardoba tumanida yuz bergan fojiadan, buning natijasida qança odam uysiz-joysiz qolganidan va hattoki, qöşnilarimiz aziyat çekkanidan xabaringiz bor.
Şunday katta loyiha pudratçiga heç qanday tendersiz topşirilganiga qanday qaraysiz? Şu paytgaça tendersiz berilgan loyihalar qayta körib çiqilişi kerak emasmi?

– Avvalambor, Sardoba fojiasi, texnogen ofat tufayli halok bölgan hamyurtlarimizning oila a'zolariga öz hamdardligimni bildirib qolaman, şu bilan birga uylarini yöqotgan, aziyat çekkan hamyurtlarimiz his qilayotgan qiyinçiliklarni uzoq yurtlarda yaşayotgan biz özbekistonliklar ham ular kabi his qilyapmiz.  

Savolingizga keladigan bölsak, gapingiz judayam töğri. Tender öz nomi bilan tender. Bunday katta loyihalar iloji boriça tendersiz berilmasligi kerak, çunki xalqaro amaliyot şunday. Zotan, tender degani eng yaxşi, öşa işning sohibi bölgan odam tomonidan qurilişi yoki amalga oşirilişi lozim degan ma'noni anglatadi.

Şu bilan birga bir narsani unutmaslik kerakki, ba'zi holatlarda hatto rivojlangan Ğarb davlatlari orasida ham davlat qöygan talablarni hamma kompaniya yoki şirkatlar ham bajara olmaydi. Şuning uçun davlatlar faqat öşa talablarni bajargan şirkatlar orasidangina tanlab oliş huquqlariga ega bölişadi.

Ammo öşanda ham u talablarni oldin öşa tenderga, öşa loyihaga da'vogar bölgan kompaniya davlat korxonasi böladimi yoki xususiy korxona böladimi, yoki çet el firmasi böladimi, öşa talablarni töliq bajarişi, qondirişi kerak. Bunga nihoyatda katta e'tibor berişimiz kerak.

“Buyuk kelajak” ekspertlar kengaşi a'zosi Alişer Umirdinov

– Tender tanlovlari hamma uçun oçiq, tanlov şartlariga javob bera oladigan istalgan şirkat unda qatnaşa olişi kerak, töğrimi? U qaysidir içki guruhlar örtasidagina özaro taqsimlanib ketişi kerak emas-ku?!

– Albatta. Bölmasa, uning legitimligi qolmaydi. Qonunlar ma'lum bir odamlar uçun emas, butun xalq uçun bölişi kerak. U oçiq, hamma köra oladigan, öqiy oladigan, osonlik bilan tuşuna oladigan bölişi kerak. Ataylab noqulay, sun'iy tösiqlar qöyilmasligi kerak. Bu xalqaro standart hisoblanadi.