Davlat xaridlari sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq etiş, davlat elektron xaridlari operatorlari örtasida raqobat muhitini oşiriş maqsadida Moliya vazirligi huzuridagi Axborot hisoblaş markazi tomonidan budjet va korporativ xaridlar böyiça elektron tender (tanlov) ötkaziş yuzasidan axborot tizimi işlab çiqildi.

Vazirlik xabariga köra, mazkur elektron tizim özining xorijdagi analoglaridan qolişmaydi, hatto jarayonlarni avtomatlaştiriş körsatkiçlari böyiça ularning aksariyatidan ustun ekanligini namoyiş etadi, hamda tender va savdo tanlovlarini uzoq masofalardan turib ötkaziş imkonini beradi. Bu koronavirus epidemiyasi tarqalgan şaroitda juda dolzarb sanaladi.

Respublika qonunçiligiga muvofiq tizim tanlovga va tenderga asoslangan savdolarning ball usulida va arzon narxlaş metodida ötkazilişini ta'minlaydi. Buyurtmaçilarga jahonda tan olingan baholaş usullarining ikkitadan bittasini mustaqil tanlaş, da'vogarlarning takliflarini baholaydigan mezonlarni aniqlaş, bu mezonlarning ahamiyatini belgilaş (ulardan har qaysisi buyurtmaçilar uçun u yoki bu körsatkiçning muhimligiga boğliq holda turli miqdordagi ballar berişi mumkin) imkoni beriladi. Miqdor körsatkiçlariga asoslangan mezonlar (mutaxassislarning soni, bozordagi iş staji, narxi, yetkazib beriş muddati va boşqalar) tizim yordamida mustaqil avtomatik rejimda, inson omillarini jalb qilmagan holda baholanadi. Sifat (ekspert) mezonlari «Onlayn» rejimda işlay oladigan tanlov (tender) komissiyasi a'zolari tomonidan baholanadi.

Tizimni işlab çiqişda savdo jarayonining oçiqligini hamda raqobatni ta'minlaş, korrupsiyaga qarşi kuraşiş, manfaatlar töqnaşuvi va boşqa şu kabi huquqbuzarliklarning oldini oliş masalalariga alohida e'tibor qaratildi.

Mazkur elektron tanlov va tender tizimining joriy etilişi biznes yuritiş (Doing Business) şaroitlari körsatkiçlarini yaxşilaşga hamda OESR xalqaro taşkilotining korrupsiyaga qarşi kuraş böyiça Istanbul harakatlar rejasi doirasidagi tavsiyalardan birini bajarişga imkon beradi.

Hozirgi vaqtda Moliya vazirligi tomonidan barça budjet korporativ buyurtmaçilarda tender va tanlov savdolarini bosqiçma-bosqiç elektron şaklga ötkaziş jadvali işlab çiqilmoqda.