Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vengriya O‘zbekistondan mehnat muhojirlarini jalb qiladi
O‘zbekiston va Vengriya mehnat muhojirlarini Vengriyaga jalb qilish masalasini muhokama qildi.
O‘zbekiston diplomatik vakolatxonasi ko‘magida Vengriyaning Worknet Kft. kompaniyasi direktori David Penzesh va O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi boshlig‘i o‘rinbosari Hojiakbar Fayzullaxo‘jayev o‘rtasida video-konferens-aloqa formatida muzokaralar tashkil etildi.
"Dunyo" xabariga ko‘ra, onlayn muloqot chog‘ida O‘zbekistondan mehnat muhojirlarini Vengriyaga jalb qilish, Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi va ushbu kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik shartnomasini tuzish masalalari muhokama qilindi.
Muzokaralar davomida agentlikning chet tillarini tanlash, tayyorlash, o‘rgatish sohasidagi faoliyati, O‘zbekistondan bo‘lajak mehnat migrantlari uchun davlat tomonining kafolatlari va shartlari haqida batafsil ma’lumot berildi.
Vengriya tomoni O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va agentlik tomonidan yuborilgan mehnat migrantlarini Vengriyaga yollash va ishga joylashtirish sohasida shartnoma tuzishga tayyorligini bildirdi.
Uchrashuv natijasida O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi va Worknet Kft. kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik shartnomasini imzolash to‘g‘risida kelishuvga erishildi.
David Penzesh, shuningdek, joriy aprel oyidan boshlab 100 nafar o‘zbekistonliklarni Vengriyadagi qurilish obektlarida ish bilan ta’minlashga tayyorligini bildirdi.
Mavzuga oid
22:47 / 14.04.2026
Orban yutqazdi. Tramp, Putin va Netanyahuning qo‘lloviga qaramay
21:18 / 14.04.2026
“Viktor Orban Yevroittifoq ichidagi eng katta chayqovchi edi” - siyosatshunos
09:48 / 14.04.2026
Mojar: Vengriya Ukraina uchun 90 mlrd yevroni bloklamaydi
21:14 / 13.04.2026