Vengriyaning asosiy yangiliklar portali va MTVA davlat teleradiokompaniyasining rasmiy veb-sayti mamlakatning yangi rahbariyati qarori bilan öz eşittirişlarini töxtatdi. Bu ularning mamlakatning sobiq boş vaziri Viktor Orbanni qöllab-quvvatlab, köp yillar davomida tarğibot olib borganlikda ayblangani bilan boğliq, deb yozdi Bloomberg.

Telekanal saytida MTVA Orban davridagi tahririyat siyosati uçun uzr söragan xabar paydo böldi.

«Jamoat ommaviy axborot vositalari yolğon gapirmasligi kerak. Uzoq yillar davomida şunday qilganimiz uçun uzr söraymiz! Jamoat ommaviy axborot vositalari kelajakda mustaqil va işonçli bölişi uçun hozir özgarmoqda. Axborot xizmati vaqtinça töxtatildi. Biz bilan qoling!», deyiladi teleradiokompaniya saytida.

Vengriyaning yangi boş vaziri Peter Mojar telekanal faoliyatining töxtatilişini «tarixiy kun» deb atadi.

«Bugun ommaviy axborot vositalarida tarğibot-taşviqot işlari yakunlandi. Ular keçasi ham, kunduzi ham, barça çastotalarda yolğon gapirdi. Endi hammasi tugadi», deb qöşimça qildi u.

Mojar 9 may kuni mamlakat boş vaziri etib saylandi. Orban 1998 yildan 2002 yilgaça va 2010 yildan 2026 yilgaça boş vazir bölgan. Bloomberg naşrining yozişiça, sönggi 16 yil davomida ommaviy axborot vositalarini nazorat qiliş uning hokimiyatini saqlab qolişda muhim rol öynagan.

Mojar Orban hukumatini bir neça bor tanqid qilgan va ketayotgan hukumatni budjetni isrof qilişda ayblagan.