U Toşkent viloyati yuqumli kasalliklari şifoxonasi boş şifokori - viloyat boş infeksionisti Guljahon Yöldoşevaning qamoqqa olinişi hamda Namangan şahrida MIB ijroçilari köz öngida öziga öt qöyib yuborgan ayol bilan boğliq holatga töxtalgan.
«Men uçun, ham ayol, ham ona va gender tengligi komissiyasining a'zosi sifatida bu juda muhimdir!», deya qayd etgan Saida Mirziyoyeva.
U Guljahon Yöldoşeva birinçi galda ayol kişi ekanligi, qaramoğida 6 nafar voyaga yetmagan farzandlari borligini inobatga olgan holda Toşkent viloyati prokuraturasidan qaror qayta körib çiqilişini söragan.
«Men unga qöyilgan ayblovlarning qonuniy yoki noqonuniyligini heç qanday baholamoqçi emasman, bu sudning mutlaq vakolati. Ammo sizning e'tiboringizni şunga qaratmoqçimanki, eng kiçigi atigi ikki yoşda bölgan olti farzandning onasi sudgaça qamoqda saqlanmoqda. Bizning qonunçiligimiz, boşqa rivojlangan mamlakatlar qonunçiligi singari, erkaklarga qaraganda ayollar uçun biroz köproq imtiyozlarni öz içiga oladi. Bunga misol sifatida ayol kişining homiladorligi yoki voyaga yetmagan farzandlari borligi unga yengillaştiruvçi holatlar taqdim etişi mumkin. Bu ham insonparvarlikning bir turi.
Guljahonning işida nega qonun bu qadar qattiq va qat'iy? Olti bola bilan qayergadir qoçib qutilişi mumkinmi? Nahotki sudgaça qamoqda saqlaş bizning huquqni muhofaza qiliş organlari xodimlarining yagona yöli bölsa? Jinoyat-protsessual qonunçiligida boşqa ta'sirçan ehtiyot çoralarini qöllaşga nima xalaqit beradi?
Hibsga oliş — bu kuçli stress va şaxsning ma'nan sindirilişidir. Ayniqsa, uyda yoş bolalaringiz bölganida... Şuning uçun Toşkent viloyati prokuraturasidan qarorni qayta körib çiqişni sörab qolaman», degan u.
Şuningdek, Namangandagi holatga qonunçilikda firibgarlik uçun jazo yetarli emasligi ham sabab bölgani qayd etilib, deputatlardan bu masalani körib çiqiş söralgan.
«Uning onasi va ikki farzandi qoldi. Bu ayollar ularga boşqa birovning uyini sotib yuborgan firibgarning qurboniga aylandilar va firibgar esa jinoyati uçun qamoqqa tuşdi. Mulk haqiqiy egasi tomonidan talab qilingan va sud ayollarni bolalari bilan birgalikda çiqarib yuboriş böyiça qaror qabul qilgan.
Bunday dahşatli holatga qöl urgan bu ayolning çorasizligini töliq tuşunib turibman. Va qonunçiligimizni bu borada nomukammal deb hisoblayman. Firibgarlar qöliga tuşib turar joylaridan ayrilib va tom ma'noda köçada qolgan holatlar faqat bu ayoldagina uçramaydi. Firibgarlar qamoqqa olinişlari mumkin, lekin moddiy zararni barmoq bilan sanaydiganlari qoplaydi, xolos. Bu holda, mening nuqtayi nazarimdan, firibgarlar davlatga qarzdor bölib, qonun oldida javob berişlari kerak. Davlat esa öz örnida şunday firibgarlar girdobiga tuşib qolgan insonlarga şu kabi muammolardan çiqişiga yordam berişlari lozim.







