Çirçiq şahrida joylaşgan Toşkent viloyati yuqumli kasalliklari şifoxonasi boş şifokori, Toşkent viloyati boş infeksionisti Guljahon Yöldoşeva 8 sentabr kuni hibsga olingan. Bu haqida BBC News O’zbek xabar berdi.   

Toşkent viloyati boş infeksionisti Guljahon Yöldoşeva

Kun.uz muxbiri Guljahon Yöldoşevaning singlisi Şahlo Yöldoşeva bilan boğlanganida u bu ma'lumotni tasdiqladi, ammo ayni vaqtda G.Yöldoşevaga qanday ayblov qöyilganini bilmasligini, opasi koronavirusga çalinib davolanganini, hibs etilişidan bir kun oldin şifoxonadan çiqqanini, soğligi hali töliq tiklanmaganini, hibsga olinişi natijasida ikki va uç yoşli farzandlari onasidan ajratilganini aytib berdi. Şahlo Yöldoşeva opasiga nisbatan 250 million sömlik mablağni talon-toroj qiliş böyiça ayblov qöyilayotganini aytgan.

Avvalroq Guljahon Yöldoşeva Kun.uz saytiga intervyu berib, pandemiya şaroitida u boşçilik qilgan kasalxonaga kerakli tibbiy uskunalar ajratilmayotgani va rahbarligi ostida koronavirus bemorlarini özi va oilasi hayotini xavf ostiga qöyib davolagan tibbiyot xodimlarining mehnati munosib rağbatlantirilmayotganini, oğir vaziyatda Toşkent viloyati tibbiyot boşqarmasi tomonidan kerakli yordam berilmaganini aytgan edi.

Jumladan, Guljahon Yöldoşeva özi boşçilik qilgan kasalxona birinçilardan bölib koronavirusga çalingan bemorlarni qabul qilgani, iyul oyi örtasidan şifoxona oğir ahvoldagi bemorlar bilan tölgani, ölim holatlari kuzatilgani, biroq şunga qaramay, viloyat tibbiyot boşqarmasi tomonidan uşbu kasalxonada koronavirus bemorlari davolanayotgani tan olinmagani haqida sözlagan edi.

Keyinroq, bu masalada viloyat soğliqni saqlaş boşqarmasi boşliği Töraqul Arziqulov munosabat bildirib, Çirçiqdagi şifoxona COVID-19'ni davolaşga ixtisoslaşmaganini, G.Yöldoşeva asossiz ma'lumotlar tarqatayotganini aytgandi. Biroq mazkur kasalxona KOVID-19ga çalinganlarni davolagani va oğir pandemik vaziyatda kerakli tibbiy texnika bilan ta'minlanmagani borasida aytilgan iddaolarga yetarliça izoh bermagan edi.