Toşkent viloyati boş infeksionisti işi: uni qamoqqa oliş kimga kerak bölib qoldi?
|21:44 / 29.09.2020136 13417 min
Toşkent viloyati boş infeksionisti Guljahon Yöldoşeva qamoqqa olinganiga ham 20 kundan oşdi. Yöldoşevaning advokati u aybsizligini aytmoqda.
Voqealar rivojiga qisqaça nazar
Çirçiq şahrida joylaşgan Toşkent viloyati yuqumli kasalliklari şifoxonasi boş şifokori – Toşkent viloyati boş infeksionisti Guljahon Yöldoşeva avgust oyida Kun.uz saytiga intervyu berib, pandemiya şaroitida u boşçilik qilgan kasalxonaga kerakli tibbiy uskunalar ajratilmayotgani va rahbarligi ostida koronavirusga çalingan bemorlarni özi va oilasi hayotini xavf ostiga qöyib davolagan tibbiyot xodimlarining mehnati munosib rağbatlantirilmayotgani, oğir vaziyatlarda Toşkent viloyati tibbiyot boşqarmasi tomonidan kerakli yordam berilmaganini aytgan edi.
Keyinroq bu masalada viloyat soğliqni saqlaş boşqarmasi boşliği Töraqul Arziqulov öz munosabatini bildirib, Çirçiqdagi şifoxona COVID-19 bemorlarini davolaşga ixtisoslaşmagani, G.Yöldoşeva asossiz ma'lumotlar tarqatayotganini aytdi. Biroq u mazkur kasalxona koronavirusga çalinganlarni davolagani va oğir pandemik vaziyatda kerakli tibbiy texnika vositalari bilan ta'minlanmagani borasida aytilgan iddaolarga yetarliça izoh bermadi (Bundan avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Toşkent viloyati soğliqni saqlaş boşqarmasi boşliği Töraqul Arziqulov va Guljahon Yöldoşeva örtasida şifoxonaga kislorod apparatlari yetkaziş bilan boğliq nizo bölib ötgani haqida xabar tarqalgan edi).
OAVdagi çiqişdan söng Toşkent viloyati yuqumli kasalliklar şifoxonasiga ketma-ket tekşirişlar yuborilgan, jumladan ijobiy yakun topgan avvalgi (aynan G.Yöldoşeva mazkur şifoxonada amaliyotini olib borgan davr mobaynidagi) tekşiruvlar natijalari qaytadan tekşirilgan (tekşiruvlar röyxati tahririyatda mavjud).
8 sentabr kuni Guljahon Yöldoşeva hibsga olingani haqida xabar tarqaldi. Boş prokuratura bu holatga munosabat bildirib, G.Yöldoşeva Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi «a» bandi
Mavzuga oid
(juda köp miqdorda özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş)
hamda 207-moddasi 3-qismi «a» bandi
(odam ölimiga sabab böladigan mansabga sovuqqonlik bilan qaraş)
bilan ayblanuvçi tariqasida işda iştirok etişga jalb etilgani va ehtiyot çorasi sifatida qamoqqa olinganini
Sudning ehtiyot çorasi sifatida qamoqqa oliş töğrisidagi ajrimi ustidan kiritilgan apellyatsiya şikoyati JIB Toşkent viloyat sudi tomonidan körib çiqilib, ayblanuvçiga nisbatan qöllangan qamoqda saqlaş bilan boğliq ehtiyot çorasi özgarişsiz qoldirildi.
Advokat: «G.Yöldoşeva F.Rustamovning ölimiga aloqador emas, davlat mablağlarini talon-toroj qilmagan!»
Kun.uz tahririyati sönggi kunlarda muhokamalar markazida bölib turgan uşbu masalaga yana bir bor e'tibor qaratişga qaror qildi. Yöldoşevaning advokati Xuşnud Ahrorov tergov noxolis olib borilayotganini ta'kidlamoqda.
Xuşnud Ahrorov
«G.Yöldoşeva F.Rustamovning ölimiga aloqador bölmasa-da, u nohaq ravişda jinoyat taşkilotçisi deb, Jinoyat kodeksining 207-moddasidagi jinoyatni sodir etganlikda ayblanmoqda. G.Yöldoşevaga qöyilgan ayblovni mutlaqo asossiz deb hisoblayman. Çunki marhum F.Rustamovni yuqumli kasalliklar şifoxonasidan töliq tuzalgan, deb topib, uni ruhiy-asab kasalliklari şifoxonasiga jönatgan vraç – himoyam ostidagi G.Yöldoşeva emas, balki boşqa bir şifokor Ş.Rözmetov böladi.
G.Yöldoşeva bemor boşqa şifoxonaga ötkazilayotgan paytda kasalxonada bölmagan. Marhum F.Rustamov vraç Ş.Rözmetovning özboşimçaligi va soğliqni saqlaş boşqarmasining telefon orqali undovlari natijasida ruhiy-asab kasalliklari şifoxonasiga jönatib yuborilgan. Kasallik varaqasida aynan Ş.Rözmetovning imzosi turibdi. Bu holatlar prokuratura organlariga juda yaxşi ma'lum bölişi kerak, çunki marhum F.Rustamovning kasallik tarixi tergov organi tomonidan aşyoviy dalil sifatida olib qöyilgan va jinoyat işi hujjatlariga tikilgan. Şu ma'lumotga ega böla turib, himoyam ostidagi G.Yöldoşevani jinoyatda ayblaş, albatta, Çirçiq şahar prokuratura organlarining xolis va beğarazligiga şubha uyğotadi», deydi u.
U G.Yöldoşevaning 250,8 mln söm miqdoridagi budjet mablağlarini talon-toroj qilgani haqidagi, hali tasdiğini topmagan ayblovlarga ham öz munosabatini bildirdi.
«Tergov organi 250,8 mln sömni COVID-19 bilan kasallanganlarni davolaş uçun xizmat qilgan tibbiyot xodimlariga 6 foizlik maxsus tölovni tölaş uçun yönaltirilganini inobatga olmay, G.Yöldoşevaga nisbatan juda köp miqdordagi davlat mablağlarini talon-toroj qiliş yöli bilan özlaştiriş ayblovini qöyayotgani kurakda turmaydigan harakatdan boşqa narsa emas. Soğliqni saqlaş vazirligi tomonidan berilgan xulosada ham uşbu mablağlar tibbiyot xodimlariga tölangani aytilgan. Toşkent viloyati yuqumli kasalliklar şifoxonasi ma'muriyati tomonidan soğliqni saqlaş boşqarmasiga tölov tölab berilişi böyiça bir neça bor murojaatlar qilingan bölsa-da, bu murojaatlar javobsiz qolgan. Xatlariga javob ololmagan G.Yöldoşeva yuqoridagi mablağni tibbiyot xodimlarini qöllab-quvvatlaş uçun sarflagan, ammo talon-toroj qilmagan», deydi u.
Advokat olib borilayotgan dastlabki tergov harakatlarida xolislik ta'minlanmayotgani va aybsizlik prezumpsiyasiga amal qilinmayotganiga ham e'tibor qaratdi.
«Dastlabki tergov Çirçiq şahar prokuraturasi tomonidan noxolis olib borilyapti, degan fikrdaman. Negaki, himoyam ostidagi şaxsga hali sudning qonuniy kuçga kirgan hukmi çiqmay turib, dastlabki tergov hali boşlanğiç bosqiçda bölgan bir davrda Çirçiq şahar prokurori OAVda çiqiş qilib, qonunçilikka zid tarzda G.Yöldoşevaning jinoyat sodir etganini bir neça bor ta'kidlagan va bu bilan aybsizlik prezumpsiyasi tamoyilini qöpol ravişda buzgan. Bu bilan prokuratura organlari sudga bosim ötkazmoqçi yoki özlarining asossiz ayblovlarini öz kuçida qoldirmoqçi», deydi u.
Advokat dastlabki tergovda xolislikni ta'minlaşga erişiş maqsadida tergovni Boş prokuraturaga ötkazişni sörab ariza yozganini ma'lum qildi.
«Gumon qilinuvçi, ayblanuvçi yoki sudlanuvçi uning jinoyat sodir etişda aybdorligi qonunda nazarda tutilgan tartibda isbotlangunga va qonuniy kuçga kirgan sud hukmi bilan aniqlangunga qadar aybsiz hisoblanadi» (Jinoyat protsessual kodeksi, 23-modda. Aybsizlik prezumpsiyasi)
«Qarori qat'iy» prokuror yoxud aybsizlik prezumpsiyasining toptalişi
Tergov organi (şaxsan prokuror) qonundagi bu qat'iy normani buzib ötgani rost. Boş şifokor hibsga olingani şov-şuv bölayotgan bir paytda Çirçiq şahri prokurori Baxtiyor Ibrohimov OAV orqali çiqiş qilib, hali aybi töla isbotlanmagan G.Yöldoşeva aybdorligi haqidagi qat'iy fikrlarini ilgari surdi. Prokurorning sözlariga diqqat qilarkanmiz, u xuddi bölib ötgan işlarning tepasida turgandek, hammasini öz közlari bilan körib, guvohi bölgandek yuksak işonç bilan gapirayotganini köramiz. Qiziq, prokurorning bu kabi «ilhomlanişi» ortida nimalar yoki qanday kuçlar yotibdi ekan?..
Xabar.uz naşri ham şov-şuvlarga sabab bölayotgan uşbu masalaga e'tibor qaratib, taniqli advokat Usmonxon Salohiddinovning bu boradagi fikrlarini ommaga havola qildi.
«...Prokuror janoblari mazkur intervyusida amaldagi jinoyat-protsessual qonunçilik talablariga zid ravişda, hali tergov harakatlari olib borilayotgan jinoyat işi böyiça tergov ma'lumotlarini oşkor qilişi öz-özidan savol tuğdiradi: Jinoyat işi dastlabki bosqiçda ekanini tan olgan prokuror ayblov sudda nafaqat tasdiqlanişi, balki dalillar rad etilişi ham mumkinligini bilmaydimi yoki bila turib, qonunga zid tarzda bölsa-da jamoat fikrini şakllantirişni, şu orqali sudga ta'sir ötkazişni maqsad qilganmi?», deydi advokat Usmonxon Salohiddinov.
Kun.uz tahririyatida G.Yöldoşeva va Toşkent viloyati ruhiy-nevrologik dispanseri boş şifokori Feruza Şonosirova örtasida 2020 yilning 5 avgust kuni soat 22:02da bölib ötgan, 34 daqiqa davom etgan telefon sözlaşuvi yozuvi mavjud bölib, unda ikki boş şifokor örtasida marhum F.Rustamovning yuqumli kasalliklar şifoxonasidan ruhiy-nevrologik şifoxonaga ötkazilişi borasida kelişuv bölmagani, balki reanimatsiya bölimi xodimlari G.Yöldoşevaning ruxsatisiz bemorni köçirişgani anglaşiladi. Qolaversa, ruhiy-nevrologik şifoxona xodimlari boş şifokor ruxsatisiz qanday qilib bemorni qabul qilgani ham jumboq bölib qolmoqda. Kimning topşiriği bemorning köçirilişiga asosiy turtki bölgan?
Mulohaza uçun ba'zi misollar
Xolislikni saqlagan holda e'tiboringizni quyidagi ma'lumotlarga qaratmoqçimiz:
Qaşqadaryoda SEOM rahbarlari budjet mablağlarini talon-toroj qilgani aniqlandi – zarar miqdori 917,8 million söm;
Namangan viloyat SEOM mansabdorlari budjet mablağlarini talon-toroj qilgani aniqlandi – zarar miqdori 248,9 mln söm;
Buxoroda inqirozga qarşi jamğarmaning mablağlarini talon-toroj qilingani aniqlandi – zarar miqdori 202 mln söm;
Navoiy viloyat SEOM mansabdorlari budjet mablağlarini talon-toroj qilgani aniqlandi – zarar miqdori 509 mln söm;
Mehr-şafqat fondi mansabdorlari xayriyadan yiğilgan mablağlarni talon-toroj qilgani aniqlandi – 2,8 mlrd söm;
Andijon SEOM mansabdorlari budjet mablağlarini talon-toroj qilgani aniqlandi – zarar miqdori 160 mln söm.
Mazkur özlaştirilgan summalar hajmi ham jinoyat qonunçiligi böyiça «juda köp miqdor» degan kriteriyga mos tuşadi.
E'tiborlisi, bu jinoyatlarda talon-toroj qilingan mablağlar qasddan, kör-körona va egri yöllar orqali özlaştirilgan, G.Yöldoşeva bilan bölgani kabi xodimlarga iş haqi va ustama sifatida tölangan emas. Biroq, sanalgan birorta holatda tegişli tergov organlari ayblanuvçilarga nisbatan qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasini tanlamagan (Boş prokuraturaning huquqiy axborot va jamoatçilik bilan aloqalar bölimi boşliği H.Şamsutdinov buni qisman tasdiqladi. Yuqorida biz sanab ötgan jinoyat işlari böyiça ayblanuvçilarning jinsi va ularga nisbatan tanlangan ehtiyot çoralari haqida ma'lumot olişga oid sörovimiz javobsiz qoldi. H.Şamsutdinovning qöşimça qilişiça, juda köp miqdordagi özlaştiriş va talon-toroj qiliş bilan boğliq mazkur jinoyat işlarida ayblanuvçilar tomonidan yetkazilgan zarar örni qoplab qöyilgani sababli ularga qamoq ehtiyot çorasi qöllanmagan).
G.Yöldoşeva qanday jinoyat sodir qilgan?
U budjetdan ajratilgan mablağni prezident qaroriga tayanib, Covid-19’ga qarşi kuraşayotgan qöl ostidagi tibbiyot xodimlariga iş haqi, ustama va mukofot puli tarzida tölab bergan. G.Yöldoşeva bu pullarni şaxsiy ehtiyojlari uçun işlatib yubormagan.
Unga qöyilayotgan yana biri ayblov – Covid-19’ga çalinib, kasalxonada davolanayotgan va hali tuzalmagan fuqaro ruhiy asab kasalliklari şifoxonasiga ötkazilişi natijasida vafot etganiga sababçi böldi, deb topilişi.
Bugunga kelib Covid-19 yuqtirib olişi natijasida vafot etganlar soni rasman 450dan oşdi, bu raqam rasmiy statistikadagidan bir neça baravar köp bölişi mumkin. Lekin vafot etganlarning qay holda ölim topgani örganilayotgani yöq, bu ölimlar uçun biror şifokor yoki boşqa tibbiyot xodimi ayblanmadi. Ammo bu holatda...
Guljahon Yöldoşeva özi kim? U kimning «dumini bosib oldi»?
Örganiş davomida Guljahon Yöldoşeva şaxsi haqida ham biroz sörab-suriştirdik, u bilan birga öqigan, işlagan, uni yaqindan taniganlar bilan suhbatlaşdik. Deyarli bir xil javob – aksariyat G.Yöldoşevani adolatsizlik va haqsizlikka murosasiz, haqiqatgöy, öz işiga öta talabçan inson deb ta'rifladi.
Bundan taşqari, G.Yöldoşeva boşqargan Toşkent viloyati yuqumli kasalliklar boş şifoxonasi tibbiy xodimlari bilan suhbat qiliş uçun yana bir bor Çirçiq şahrida böldik. Biz bilan suhbatda bölgan şifoxona içki dorixonasi provizori Nafisa Törayeva, boş hamşira Zulfiya Mayusupova, ikkinçi bölim katta hamşirasi Madina Yunusxöjayeva va statist Raya Kalmuratova bemor (marhum) F.Rustamov ruhiy kasalliklar dispanseriga boş şifokor ruxsatisiz olib çiqib ketilganini aytişdi.
Mazkur tibbiy xodimlar şifoxona reanimatsiyasida öşa paytda bir kunda önlab bemor yotgani, tibbiy personalning kuçi yetmay qolgani sababli boşqa bir şifoxona – Çirçiq şahar şifoxonasidan tibbiy personal jalb qilingani, F.Rustamov şifoxonaga yotqizilgan paytda uni aynan qöşni şifoxonadan yordamga çaqirilgan hamşira va şifokorlar nazorat qilganini aytişdi.
Katta hamşira Madina Yunusxöjayeva ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan F.Rustamovning ayançli ahvolda, yalanğoç holda yerda yotgani aks etgan videoga munosabat bildirib, infeksion şifoxona tibbiy personalining bu holatga aloqasi yöqligini, zero öşa kunlari bu bemorga ular qaramagani, bemor nega bu ahvolga solingani tekşirilmayotgani, videotasvir qaçon, kim tomonidan va nima maqsadda olingani, holat qaysi xodimlarning navbatçiligida bölgani, kim tarqatgani tekşirilsa, haqiqat yuzaga çiqişi mumkinligini aytmoqda.
«Biz uni şu ahvolga solganimizda, videoga olib özimizning aybimizni oşkor qilarmidik? Buni uyuştirişgan deb hisoblayman. Biz oilalarimizni taşlab bu yerga bemorlarni qiynab, video oliş uçun kelmaganmiz. Nega boş şifokorni ayblaşdi? Har bir bölimning öz javobgar şaxsi böladi, xususan reanimatsiya bölimining ham. Öşanda tört bölimda 152 nafar bemor yotgandi, hammasini boş şifokor nazoratga olib turolmaydi-ku! Boş şifokor 24 soat davomida bemorning tepasida turmagan. G.Yöldoşeva F.Rustamov boşqa muassasaga köçirilganidan bexabar qolgan edi», deya ta'kidladi katta hamşira M.Yunusxöjayeva (uşbu xodimlar bilan bölib ötgan suhbat yozuvi tahririyatda bor).
Suriştiruvlarni davom ettirar ekanmiz, könglimizga allaneçuk xayollar keldi. «Otning ölimi itning bayrami» deganlaridek, butun mamlakat noma'lum virus bilan olişayotgan bir vaqtda ne-ne olğirlar öz vakolatlaridan «foydalanib», davlatning mislsiz pullarini ömarganiga guvohmiz. Ba'zisi qamaldi, ba'zisi – yöq. Qançadir inson virusdan vafot etdi. Biroq, buning uçun birov şifokorning yoqasidan olmadi.
Faqatgina muammolarini oşkor qilişga jur'ati yetgan, rahbarlariga qarşi söz ayta olgan boş şifokor, ne ajabki, zudlik bilan qamoqqa taşlandi. «Uning harakatlari qaysidir «qöli uzun» mansabdorga yoqmagan, bölmasa, olti nafar voyaga yetmagan bolalarning onasi bu tariqa qamoqqa taşlanmagan bölar edi. Aybi bölsa qamamasdan ham tergov qiliş mumkin emasmidi?», degan gumon köpçilikning köngliga keldi.
Şifokor, ayol va ona
G.Yöldoşeva yaşagan xonadonda bölib, uning oilaviy şaroiti bilan tanişdik. El qatori xonadon. Onam deya bözlayotgan olti jonning közlari mudom eşikka termilgan – onaizorini kutişmoqda. Uç yoşli Sofiya va endigina ikkiga tölgan jajji Hayotbek bundan 20 kunlar avval onasining mehrisiz yaşaşni tasavvur ham qilib körmagan bölsa kerak. Endi esa ularning «ayam qaçon keladilar?» degan savoli kişi qalbini örtaydi.
Yana bir muhim jihat. Prokuror OAVga bergan intervyusida G.Yöldoşeva tergovdan yaşirinib yurgani uçun qamoqqa olinganini aytgandi. Biroq u yaşirinmagan, uning özi ham Covid-19’ga çalinib, Toşkentdagi taqsimlaş markazida davolanişda bölgan. G.Yöldoşeva davolanayotgan çoğida tergovçi unga tinimsiz qönğiroqlar qilib, ruhiy holatini izidan çiqargan. G.Yöldoşevaning toqati toq bölib, töliq öziga kelmasdan taqsimlaş markazidan çiqqan. Çiqqani hamon qölga olingan.
Kun.uz’dan söngsöz örnida
Xalq ölaroq qanday sinovli kunlarga yuz tutib turganimizni barçamiz tuşunib turibmiz. Covid-19 bilan zararlanganlarni davolaşda bilim va tajribaga ega mutaxassislar qay darajada yetişmayotgani ham ma'lum bölib qoldi – bunday şifokorlarning har biri hozir oltinga teng. Qolaversa, ertaga vaziyat qanday böladi – Yaratganga ayon.
Şifokor Guljahon Yöldoşeva işini örganiş jarayonida köz öngimizda yuzaga kelgan manzara, garçi tergov va suriştiruv işlari yakuniga yetmagan bölsa-da, köplab jihatlari bilan köpçilik qatori bizga ham ğalati körindi. Negaligi yuqorida yozildi. Kun.uz tahririyati yurtdagi tahlikali epidemiologik vaziyatda bir qança köngillilar qatorida şifokor G.Yöldoşeva «budjetga yetkazgan zarar» deb hisoblanayotgan summani qoplab berişga tayyorligini bildiradi.
Sözimiz yakunida mamlakat ayollarining tom ma'nodagi rahnamosiga aylanib ulgurgan Özbekiston Respublikasi Senati raisi Tanzila Norboyeva, ayollarning huquqlarini himoya qilişga mas'ul bölgan Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vazirining birinçi örinbosari Gulnora Ma'rufova hamda Boş prokuror örinbosari Svetlana Ortiqovadan mazkur masalaga e'tibor qaratişlarini sörab qolamiz.
Bu boradagi jurnalistik suriştiruvlar davom ettiriladi.