2 oktabr kuni Namangan viloyati Yangiqörğon tumanini «Qizil hudud»dan çiqariş böyiça Xalq deputatlari tuman kengaşi sessiyasi bölib ötdi. Unda Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva ham iştirok etdi.

Tanqidiy ruhda ötgan yiğilişda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirişni reyting baholaş tizimiga köra qoniqarsiz deb topilgan 33ta tuman qatorida Yangiqörğon tumani ham borligi va tumanni bu röyxatdan çiqariş masalalari muhokama qilindi.

Tadbir söngida Tanzila Norboyeva jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob qaytardi. Kun.uz muxbiri Senat rahbarining Toşkent viloyati yuqumli kasalliklar şifoxonasi boş şifokori Guljahon Yöldoşevaga nisbatan tergov jarayoni va unga tanlangan ehtiyot çorasi böyiça fikri bilan qiziqdi.

«Bu juda ham oğir masala. Oğir jinoyat qilganlar ham çetga çiqib ketmaslik şarti bilan uyda saqlanadi, bolasining oldida, oilasida böladi. Şu nuqtayi nazardan, uning jinoyati qançalik oğir yoki oğir emasligiga hozir baho bera olmayman, lekin ayol kişi, kiçkina bolasi borligini e'tiborga olib, hozirça qamoqqa olmaslik ham mumkin edi, qaçonki sud qaror çiqarmaguniça», – dedi Norboyeva.

Avvalroq Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarşi kuraşiş qömitasi raisi Batir Matmuratov Boş prokuratura rasmiylariga Guljahon Yöldoşevaga nisbatan tanlangan ehtiyot çorasini garov, şaxsiy kafillik yoki uy qamoği tarzidagi, qamoq bilan boğliq bölmagan boşqa ehtiyot çorasiga özgartirişni tavsiya qilgani ma'lum bölgandi.

Eslatib ötamiz, Toşkent viloyati boş infeksionisti Guljahon Yöldoşeva koronavirusga çalingan bemorlarni davolagan tibbiyot xodimlarining mehnati munosib rağbatlantirilmayotgani, oğir vaziyatlarda Toşkent viloyati tibbiyot boşqarmasi tomonidan kerakli yordam berilmaganini aytgan edi.

Keyinroq bu masalada viloyat soğliqni saqlaş boşqarmasi boşliği Töraqul Arziqulov öz munosabatini bildirib, Çirçiqdagi şifoxona COVID-19 bemorlarini davolaşga ixtisoslaşmagani, G.Yöldoşeva asossiz ma'lumotlar tarqatayotganini