Vaqti kelganda turli vitaminlarga köp pul sarflaymiz, immunitetni mustahkamlaş va umuman organizm faoliyatini yaxşilaş yölini izlaymiz. Biroq nima uçun odamlar tabiat in'om etgan ne'matlarga yetarliça e'tibor qaratişmaydi? Asal - turli kasalliklarning oldini oliş va davolaş uçun xizmat qiluvçi ajoyib mahsulot. Bundan taşqari, bu şirinlikni diabetdan aziyat çekuvçilar ham iste'mol qilişi mumkin. "Hammasi oddiy!" naşri asal iste'molini boşlaşingiz bilan organizmingizda yuz beruvçi 8 özgariş haqida ma'lumot berdi. Faqat şuni unutmangki, asal toza bölişi kerak, buning uçun uni asalariçilik bilan şuğullanuvçilarning özidan sotib olgan ma'qul.

Asalning organizmga foydasi

Toza teri
Asal — kuçli antioksidant. U terida turli toşmalar toşişi va uning erta qarişiga sabab böluvçi zaharli moddalarni organizmdan olib çiqadi. Asalni iste'mol qiliş bilan birga, undan niqoblar yasaş ham mumkin. Asalli niqoblardan yuz terisi mayin va tekis böladi. 

Oziş
Ma'lumki, ortiqça vazndan xalos böliş jarayonida şirinlik iste'moli taqiqlanadi. Biroq asal iste'moli nafaqat ruxsat berilgan, balki tavsiya ham etilgan. U metabolizmni yaxşilaydi, natijada esa ortiqça kilogrammlardan tezroq xalos bölinadi. 

Xolesterin miqdori normallaşuvi
Şunisi qiziqki, asalning özida xolesterin yöq. Biroq u organizmda xolesterin miqdorining kamayişiga turtki beruvçi mikroelementlarga ega. Yuqorida qayd etilganidek, asalning kundalik iste'moli organizmdagi antioksidant birikmalar darajasiga ijobiy ta'sir qiladi, ular esa öz örnida, yuqori miqdordagi xolesteringa qarşi kuraşadi. 

Soğlom böğimlar

Asalni har kuni iste'mol qiliş yoş ötgan sayin deyarli hammada namoyon böluvçi yurak-qon tomir kasalliklarini bartaraf etadi. Şifokorlar tadqiqotlarining körsatişiça, asal tarkibidagi antioksidantlar arteriyalar torayişi va tromblar hosil bölişining oldini oladi. 

Yaxşi xotira