Xitoyda ishlab chiqarilgan, yuqori tezlikda harakatlanuvchi poyezd Andijonga sinov reysini amalga oshirdi.

Andijon viloyati hokimligi xabariga koʻra, poyezd soatiga 160 kilometr tezlikda harakatlanish va bir vaqtning oʻzida 415 nafar yoʻlovchini qabul qilish imkoniyatiga ega. Toshkentdan Andijongacha boʻlgan masofani atigi 4 soat ichida bosib oʻtishi koʻzda tutilgan.

Avvalroq Urganch xalqaro aeroporti va Xiva temiryoʻl bekati oraligʻida Xitoyda ishlab chiqarilgan CR200J elektropoyezdi harakatlanishi xabar qilingan edi.