Andijon viloyatida yana bir oilada tört egizak dunyoga keldi, deya xabar bermoqda Soğliqni saqlaş vazirligi.
20-avgust kuni Andijon tumanida yaşovçi Dildora Ahmedova köp homilalik taşxisi bilan Respublika ixtisoslaştirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Andijon viloyat filialiga qabul qilingan.
Seşanba kuni ertalab ayolda muddatidan avval kesarça kesiş amaliyoti bajarilgan. Malakali akuşer-ginekolog, neonatolog va reanimatologlar iştirokida ötkazilgan tuğuruq jarayoni muvaffaqiyatli yakunlangan.
Dunyoga kelgan çaqaloqlarning uç nafari qiz va bir nafari öğil bola bölib, ular 1534−1840 gramm oğirlikda tuğilgan.
Hozirda çaqaloqlar va ularning onasi şifokorlar nazoratida bölib turibdi, deyiladi xabarda.
Eslatib ötamiz, şu yil iyul oyi boşida ham Andijon şahrida beş egizak (3 qiz, 2 öğil) dunyoga kelgandi.

















