Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyatida, Sariosiyo–Termiz yönalişida harakatlanayotgan poyezddagi video tarqaldi. Unda yölovçilar hamma joylar bandligi sabab ötirişga joy yöqligidan yölakda tik turgan yoki çökkalagan holda ketayotganini köriş mumkin.

“Öztemiryölyölovçi” AJ izohiga köra, Sariosiyo–Termiz yönalişida qatnovni amalga oşirayotgan şaharlararo poyezd 4 ta vagondan iborat bölib, bu poyezd jamoat transporti tamoyili asosida faoliyat yuritadi.

“Uşbu yönalişda çiptalar örindiq (joy) raqami körsatilmagan holda, yaʼni joysiz sotiladi. Yölovçilar amaldagi çipta asosida poyezdga çiqadilar hamda böş örinlarga joylaşadilar. Har bir vagon 81 nafar yölovçini ötirgan holda taşişga möljallangan.

Mazkur poyezd aholiga qulay va hamyonbop transport xizmati körsatiş maqsadida taşkil etilgan bölib, bugungi kunda yölovçilar tomonidan unga talab juda yuqori. Ayniqsa, dam oliş va bayram kunlari yölovçilar oqimining keskin ortişi sababli ayrim qatnovlarda gavjumlik kuzatilişi mumkin”, – deyiladi rasmiy axborotda.

Kompaniya vagon içida şamollaş tizimi işlamagani haqidagi daʼvolarni rad etdi.

“Poyezd vagonlari yölovçilar uçun zarur qulayliklar bilan taʼminlangan. Jumladan, yoz mavsumida sovutiş, qiş mavsumida esa isitiş tizimlari uzluksiz işlaşi taʼminlanadi”, – deyiladi “Öztemiryölyölovçi” bayonotida.

Ikki hafta avval Surxondaryo viloyati hokimi Uluğbek Qosimov poyezdlar va vokzallardagi şaroitlarni tanqid qilgandi.

“Temiryölda umuman şaroit yöq. Vagonga mingan odam Toşkentga borgunça kasal bölib qolyapti. Na sovutiş tizimi işlaydi, na şaroit bor, na bilet bor, na vokzalda şaroit bor... Termizdan Sariosiyoga qatnaydigan poyezdlarda odam taşib bölmaydi”, – degandi u.